Oltin narxi keskin oshganiga qaramay O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qisqardi
9 dekabr 2023, 14:08 1

Oltin narxi keskin oshganiga qaramay O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qisqardi

Noyabr oyi oxirida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxi keskin oshganiga qaramay, biroz qisqarib, 32,89 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan oyda zaxiradagi ushbu qimmatbaho metallning jismoniy hajmi 12,4 tonnaga kamaydi.

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi
9 dekabr 2023, 11:45

Vladimir Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Saylovlar 2024-yil 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Navoiyda “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sherigi qo‘lga olindi
9 dekabr 2023, 10:54

Navoiyda “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sherigi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida jinoyatda gumonlanib “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sheriklari ushlandi.

Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar kredit ajratdi
9 dekabr 2023, 10:18

Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi. Operatsiya doirasida bank hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million AQSh dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi.

Nima tayyorlaymiz: Issiq taomlar
9 dekabr 2023, 10:15

Nima tayyorlaymiz: Issiq taomlar

Pechda pishirilgan go‘sht bilan kartoshka, kartoshka pyureli gulyash, gruzincha “Shkmeruli”, go‘shtli kish, mol go‘shtdan mini-vellingtonlar, meksikancha burrito, qozoq taomi “Jayma” va boshqalar — Zira.uz sovuq kunlarda issiq taomlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlar bilan bo‘lishadi.

Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi kompaniyaga sanksiya joriy qildi
9 dekabr 2023, 09:34

Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi kompaniyaga sanksiya joriy qildi

Buyuk Britaniya hukumati “Rossiya harbiy texnikalari”ni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan shaxslar va tashkilotlarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Asialuxe Travel Yangi yilni nishonlash uchun ajoyib yo‘nalishlarni taqdim etadi
8 dekabr 2023, 19:00

Asialuxe Travel Yangi yilni nishonlash uchun ajoyib yo‘nalishlarni taqdim etadi

Asialuxe Travel milliy turoperatori barcha O‘zbekistonlik fuqarolarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi va hozirdanoq ajoyib ta’tilni tanlab, odatiy Yangi yil bayramidan qochishni taklif qiladi.

Ukraina O‘zbekistonning “Foton” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
8 dekabr 2023, 17:15

Ukraina O‘zbekistonning “Foton” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Ukraina hukumati O‘zbekistonning “Foton” elektronika zavodi va uning direktoriga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Oldinroq korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi YAIM va aholi farovonligini oshiradi — ITIM rahbari
8 dekabr 2023, 16:35

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi YAIM va aholi farovonligini oshiradi — ITIM rahbari

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi savdo xarajatlarini kamaytiradi va aholi farovonligini oshiradi, dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Xakimov AQShda o‘tkazilgan brifingda. Uning aytishicha, savdoni liberallashtirish orqali qo‘shimcha 0,4−0,5 foizgacha iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritildi
8 dekabr 2023, 16:20

O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritildi

Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.

Raqobat qo‘mitasi Yandex Go taksi xizmatining ustun mavqeini tan oldi
8 dekabr 2023, 15:59

Raqobat qo‘mitasi Yandex Go taksi xizmatining ustun mavqeini tan oldi

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Yandex Go taksi agregatorlari bozorida 86,3 foiz ulush bilan O‘zbekistonda ustun mavqeni egallaydi. Endi u ustun mavqeni egallab turgan subyektlar reyestriga kiritilishi va monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak.

O‘shda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi
8 dekabr 2023, 15:41

O‘shda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryoda ham gaz quyish shoxobchalari uchun cheklovlar joriy etildi
8 dekabr 2023, 12:58

Qashqadaryoda ham gaz quyish shoxobchalari uchun cheklovlar joriy etildi

Qashqadaryo viloyatida sovuq ob-havo kutilayotgani munosabati bilan 8-dekabrdan gaz quyish shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy etildi. Bu shoxobchalari cheklangan jadval asosida ishlay boshlaganini e’lon qilgan to‘rtinchi hudud bo‘ldi.

“Sber” 2026-yilgacha rivojlanish strategiyasini taqdim etdi
8 dekabr 2023, 11:00

“Sber” 2026-yilgacha rivojlanish strategiyasini taqdim etdi

6-dekabrda “Sber” raqamli ekotizimi Investor kunini o‘tkazdi. Uning doirasida kompaniya jamoasi 2026-yilgacha yangi rivojlanish strategiyasi haqida gapirib berdi.

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi
8 dekabr 2023, 10:20

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmoyishni mamlakatni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ilhom Aliyev imzoladi.

Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish boshlandi
8 dekabr 2023, 09:48

Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportida “keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlangani” sababli yo‘l o‘tkazgich (estakada)ga chiqish 8-dekabrdan cheklanib, alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi. Shuningdek, uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangi yil munosabati bilan Bobur Residence aksiya e’lon qildi
8 dekabr 2023, 09:00

Yangi yil munosabati bilan Bobur Residence aksiya e’lon qildi

31-dekabrgacha Bobur Residence turar-joy majmuasida xonadonlarni 31% gacha chegirma bilan sotib olish mumkin. Shuningdek, xaridorlar uchun foydali foizsiz muddatli to‘lov dasturi ham mavjud.

“Islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qat’iy davom ettiramiz” — prezident
7 dekabr 2023, 22:12

“Islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qat’iy davom ettiramiz” — prezident

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi. Konstitutsiyani bevosita qo‘llash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidandir. U davlat xizmatiga kirishda Konstitutsiya asoslari bo‘yicha bilimlarni imtihondan o‘tkazishni taklif qildi.

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga qamaldi
7 dekabr 2023, 18:07

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 5 yilga qamaldi

Yakkasaroy tumanida 2023-yil 19-iyulda 51 yoshli piyodani urib ketgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, aybdor 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Surxondaryoda ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi
7 dekabr 2023, 17:08

Surxondaryoda ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi

Andijon va Qoraqalpog‘iston ortidan Surxondaryo ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi. Viloyatdagi AGTKSHlar 2023-yil 7-dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting