O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik va elchixonaga konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘radi.
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 13 foizdan 15 foizga oshirdi. Ushbu qaror inflyatsiya bosimining sezilarli darajada oshgani va kreditlashning yuqori o‘sish sur’atlari bilan izohlandi. Rossiya Markaziy banki 2023-yil iyulidan beri ketma-ket to‘rtinchi marta asosiy stavkani oshirdi.
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 8370 dolla qalbaki dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi.
Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa”, Surxondaryo viloyatidagi “Dalverzintepa”, Andijon viloyatidagi “Mingtepa”, Samarqand viloyatidagi “Sheroz qal’a” va Qoraqalpog‘istondagi “Qo‘yqirilgan qal’a” arxeologik yodgorliklarida ochiq osmon ostidagi muzeylarni yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Bekor qilingan “mobil qullik”, raqamni saqlab, mobil kompaniyani o‘zgartirish qo‘llanmasi, vaqtincha yopilgan metro bekatlari, soddalashgan IMEI tizimi, 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etilishi, yog‘ingarchiliksiz dam olish kunlari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Dongfeng Uzbekistan kompaniyasi 1 yildan 3 yilgacha qulay shartlarda hamda kechiktirilgan muddat uchun penyalarsiz avtomobil xarid qilishni taklif etmoqda.
O‘zbekiston va Yevroittifoq iqlimga bezarar sanoat, raqamli texnologiyalar, aerokosmik va mudofaa sohalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan foydali qazilmalar — muhim xomashyo sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini muhokama qilishni boshladi.
Oltita kinopremera, spektakllar, itlar ko‘rgazmasi, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Ayol Yo‘li festivali, Ozod Shukrulloyev hamda DJ King Macarella konsertlari, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qozog‘iston Milliy banki mamlakat norezidentlariga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz bank kartalari berishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Regulyator bunday choralarni giyohvand moddalar yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi.
Toshkent hokimligi tirbandliklarga sabab bo‘layotgan Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakuniga yetkazilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.
Senat ma’qullagan qonunlarga ko‘ra, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.
Perfectum aloqani yanada yaxshilash maqsadida 5G New Radio texnologiyasini joriy etishga qaror qildi. Loyihani amalga oshirish uchun Respublika radiochastotalar kengashi tomonidan chastota resursi ajratildi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga yetib bordi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
Senatorlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi. Qonunga yo‘lning ta’mirlash ishlari vaqtida qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi cheklanishi, pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar kabi qo‘shimchalar kiritilgan.
Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan 68 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilganini e’lon qildi. Endi ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xorijliklar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev energetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlari bilan tanishdi. 2024-yil oxirigacha elektr energiyasining yagona savdo maydonchasini yaratish, 2026-yilgacha esa erkin ulgurji bozorni joriy etish rejalashtirilgan.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqiy holati, ularga nisbatan elektron kuzatuv vositasini qo‘llash masalalari tartibga solinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting