O‘zbekistonda yangi ko‘p qavatli uylar tomlarining bo‘sh qismining kamida 50 foiziga quyosh batareyalarini o‘rnatish talabi joriy etildi. Bu haqda prezident qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda 2023 yilda umumiy quvvati 4300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bunga 15,4 mlrd dollar yo‘naltiriladi. Ijtimoiy obyektlar va davlat organlari binolariga bunday qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilmoqda.
Qahramonmarash zilzilasidan 261 soat (10 kun 21 soat) o‘tib Antokiya shahrida ikki erkak vayronalar ostidan tirik holda qutqarib olindi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ular shifoxonaga yetkazilgan.
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Buxoro viloyatiga boradi. U yerda mahallalar hayoti, korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, hududni rivojlantirish masalalari muhokamasida ishtirok etadi.
DXX va Samarqand viloyati IIB radioaktiv va zaharli qurilmalarni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolarni aniqlagani aytilmoqda. Ular qurilmani 200 ming dollarga sotayotgan paytda qo‘lga olingani aytilmoqda.
O‘zbekistonda uylarga kichik quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha «Quyoshli xonadon» dasturi boshlanadi. 2023 yilda 37 ming aholi xonadoniga panellar o‘rnatish rejalashtirilgan. Yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazilgan har bir kVt/soat uchun 1000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Tijorat banklari 17 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 410 so‘m.
Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.
Bir kun avval yopilgan Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlar harakati tiklandi. O‘tgan kun davomida ayrim hududlarda qor massalari erishi kuzatildi. Bundan tashqari, qor ko‘chkilarini majburiy tushirish ishlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni rivojlantirish va «har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash» masalalarini muhokama qildilar.
Zilzila hududida Turkiya SSV rahbarining oyoqlari ostida yonayotgan ko‘mir portlagani, JB rahbarining muddatidan avval iste’foga chiqqani, Tojikistondagi qor ko‘chkisi oqibatida 15 kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Viloyatlarda majburan o‘rnatilayotgan quyosh panellari, Qozog‘iston bilan mahbuslarni alishishga kelishgan O‘zbekiston, Afg‘onistonda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligining tiklanishi, avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘lishi uchun biroz sabr qilishni so‘ragan «O‘zavtosanoat» raisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Turkiyadagi vayronkor zilzila va uning oqibatlari hamkor davlatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 2023 yilda YAIM o‘sishi pasayishi, tashqi savdo tuzilmasi ba’zi o‘zgarishlarga uchrashi mumkin, deb hisoblaydi PMTI mutaxassislari.
Toshkentdagi Talabalar shaharchasida 5 ta avtomobil to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo chap qirg‘og‘ining 30 metr qismi yemirilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi va FVB mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Hozirda qator texnikalar yordamida tosh bosish va tuproq, shag‘al to‘kish ishlari olib borilmoqda.
Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Hindiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilmaydi. Qozog‘iston boks federatsiyasi rahbari Kenes Rakishevning fikricha, ushbu turnir garchi olimpiya litsenziyalarini bermasada, tajriba va amaliyot jihatidan muhim.
Yanvar oyida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida ishini davom ettirmoqda.
Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.
O‘zbekistonda IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi may oyidan boshlab o‘tkaziladi. Unda 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar beshta asosiy, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa maxsus yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishi mumkin.
Qo‘yliq yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus va yo‘nalishli taksilarning oxirgi bekati Food City`ga ko‘chirildi. U yerda savdo majmuasining ma’muriyati yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar taklif qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting