Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchisi Jinoyat kodeksining 276-moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu unga nisbatan bortda sigaret chekkani uchun jarima rasmiylashtirilayotgan vaqtda aniqlandi. Erkak qo‘lga olindi.
Yandex Go O‘zbekistonning soliq rezidentiga aylanadi va 1-dekabrdan keyin ham o‘z faoliyatini davom ettiradi, deya bayonot berdi kompaniya Soliq qo‘mitasining ro‘yxatdan o‘tish talabiga javoban.
Repost.uz nashri o‘z xodimi Violetta Mustafina bloger Amirxon Shamsiddinovning itni tepmoqchi bo‘lgan videosini e’lon qilganidan so‘ng undan tahdidlar olgani haqida xabar berdi. Mass-media fondi blogerning tahdid va haqoratlarini “mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan” deb atadi.
“Olma” qatlamachalari, tovuq va pishloqli yoki shokolad pastali sloyka, nok hamda bananli qatlamachalar — Zira.uz qatlama xamir va turli mahsulotlardan foydalanib, shirin va mazali pishiriqlarni tayyorlash retseptlari bilan bo‘lishadi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha Samarqandda RF Bosh konsulxonasini ta’sis etish, neft yetkazib berish sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimlar va boshqa hujjatlar (jami 10 ta) imzolandi.
Botanika bog‘ini O‘zbekiston hukumatining istirohat bog‘larini boshqarish to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish va unga milliy bog‘ maqomi berilishi kerak, deya ma’lum qildi Ekopartiya. Avvalroq Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasidan hokimlik tasarrufiga o‘tkazish rejalaridan xavotir bildirilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi, Rossiyadan O‘zbekistonga 7-oktabrdan gaz yetkazib berish boshlanishi, “Moskva-Toshkent” reysi bortida vafot etgan yo‘lovchi, Yandex.Go`dan ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashni talab qilgan Soliq qo‘mitasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 7-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi, dedi Vladimir Putin. Shavkat Mirziyoyev loyihani “strategik” deb atadi. Avvalroq Qozog‘iston gaz oy oxiridan yetkazilishini bildirgandi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktida Tojikiston davlat raqamiga ega furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.
Beshta kinopremera, ko‘rgazmalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, hakatonlar, ziyofatlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.
Moskvadan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Erkak bortda vafot etdi.
Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.
So‘nggi kunlarda Humo kartasi foydalanuvchilari ilova orqali to‘lovni amalga oshirish va pul o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ba’zi do‘konlar bu kartalarni qabul qilishdan bosh tortgan. Kompaniya muammo terminallarga ta’sir qilmaganini ta’kidlab, xizmat ko‘rsatish rad etilganda, shikoyat qilishni so‘radi.
Avgust oyida O‘zbekiston Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz yetkazib berdi. Yil boshidan buyon gaz eksporti 370,57 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga kam.
Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.
Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatlarini taqdim etuvchi Ridetech International B.V kompaniyasidan 1-dekabrgacha O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qildi. Talablar bajarilmasa, platforma bloklanadi.
NRG vakillari qaysi turar-joy majmuasi sizga mos kelishini aniqlash uchun 6 ta savol tayyorlashdi. Oxirida esa o‘z turar-joyni o‘zgartirishga qat’iy qaror qilganlar uchun sovg‘a bor.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiyot birlashmalari rahbarlari har olti oyda mahalliy kengashlarda, markaziy va oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari esa mahallalarda hisobot berib boradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting