Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat mukofoti olgan san’atkorlar haqidagi portal uchun qariyb 500 mln so‘m ajratish haqida buyruq imzoladi. Unga dastlab 10 nafar san’atkorning ma’lumoti kiritiladi. May oyida madaniyat markazlari veb-saytini yaratish uchun 530 mln so‘m ajratilgan, lekin sayt ishlamayapti.
2023-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgan eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiga berildi. Muhammadi “davlatga qarshi tashviqot” uchun 2021-yildan beri qamoqda.
O‘zbekiston fuqarolari endi Qatarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin. Bunda ulardan qaytish chiptasiga ega va xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan bo‘lishi talab etiladi. Iyunda O‘zbekiston ham xuddi shunday rejimni joriy qilgandi.
Germaniyada Yevropa sanksiyalariga uchragan rossiyalikka tegishli bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari tintuv qilindi. Reuters`ning yozishicha, gap Alisher Usmonov haqida ketmoqda. Usmonovning vakillari esa tintuvlar tadbirkor nazoratida bo‘lmagan obyektlarda o‘tkazilganini ta’kidladi.
Toshkent tumanidagi manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududidagi 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolishiga olib kelingani aniqlandi.
Toshkent viloyatida 3 tup o‘sib turgan chinor kesib ketildi. Oqibatda tabiatga 148,7 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Farg‘ona shahrida esa 1 tup ko‘p yillik chinor kesib tashlangan. Huquqbuzarlarni va zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida E-auksion shop elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.
Suriya g‘arbida joylashgan harbiy kollejga dronlar hujum qilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi. Hujum harbiylarning bitiruv marosimi vaqtida yuz bergan. Hozircha hech bir guruh holat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tgach, shanba kuni kunduzi nam havo massasi O‘zbekistondan chekina boshlaydi va respublika bo‘yicha yana yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi. Yakshanba kuni harorat +22…+27 darajani tashkil etadi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Namangan shahrida ohak sexi 7 mlrd 56 mln so‘m so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 23 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotgan muddatga izoh berdi. Uning aytishicha, to‘liq yetkazib berish oktabr oyidan hozircha “kichik hajmda” boshlanadi. “Biz yiliga 3 mlrd kubometr yetkazib beramiz, keyin esa ko‘paytirishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekiston hududida sodir bo‘luvchi chang bo‘ronlariga sababchi tashqi va ichki omillar haqida ma’lumot berildi. Ichki omillar qatorida qurilish maydonlari sonining ortishi va ulardan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishi keltirildi.
DXX, IIV va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkentda fuqarolarni 46 ming dollar evaziga AQShga, 1200 dollarga esa Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2023-yilda 5,5 foiz atrofida, 2024-yilda esa 5,6 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi tufayli iste’mol darajasi o‘sishi sekinlashadi. Qashshoqlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.
6-oktabr kuni Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
O‘zbekiston birinchi marta 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.
Osiyo o‘yinlari 2023 Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova quvonarli natijalarni qo‘lga kiritdi va Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Life Group Business ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalardan biridir.
O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.
O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting