Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi
28 avgust 2023, 11:00

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi

Parij ko‘chalarida 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatlari faoliyatini yakunlaydi. Shahar hokimiyati bu masala bo‘yicha aprel oyida referendum o‘tkazgan va natijalarga ko‘ra bunday kompaniyalar bilan shartnomalarni yangilamaslikka qaror qilingan.

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
28 avgust 2023, 10:42

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Tojikistonda yakshanba kuni yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar sababli Vahdat va Rudakiy hududlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi
28 avgust 2023, 09:51

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

Dushanba kuni Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlari va Toshkent shahrida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi. O‘zbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi
28 avgust 2023, 09:40

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi

2024-yildan O‘zbekistonda notariuslar kvartiralar bilan tuzilgan bitimlarni mulkdorning uy-joyni saqlash uchun majburiy badal yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlaydi.

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi
28 avgust 2023, 05:54

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi

Shahar podstansiyasida avariya ro‘y bergani ortidan Toshkent aeroportida qisqa vaqtga elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi. Bu parvozlarni ta’minlovchi obyektlar ta’minotiga ta’sir qilmadi. Parvozlarda kechikish kuzatilmadi. 15 daqiqa ichida quvvat tiklandi.

Boks: Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq Onoriyede Evariemeni mag‘lubiyatga uchratdi (video)
27 avgust 2023, 20:35

Boks: Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq Onoriyede Evariemeni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq nigeriyalik Onoriyede Evarieme ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, professional ringdagi 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video).

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
27 avgust 2023, 15:25

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi
27 avgust 2023, 14:38

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi

Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
27 avgust 2023, 13:39

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 16-sentabrga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 1,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Afg‘oniston bozoriga kirishimizni xohlamayotganlar juda ko‘p”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — dizel yonilg‘isi qaytarilgani haqida
27 avgust 2023, 12:18

“Afg‘oniston bozoriga kirishimizni xohlamayotganlar juda ko‘p”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — dizel yonilg‘isi qaytarilgani haqida

Afg‘oniston O‘zbekistonga dizel yonilg‘isini sifati yomonligi uchun qaytarmagan, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning aytishicha, mahsulot Yevro-6 standartlariga javob beradi va Yevropa bozoriga eksport qilinmoqda. “O‘sha bozorga biz kirib borishimizni xohlamayotgan odamlar juda ko‘p”, — dedi u.

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi
27 avgust 2023, 10:24

Navoiy viloyatida 4 nafar hokim intizomiy jazoga tortildi

Navoiy viloyati hokimi farmoyishi bilan G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hokimlariga hayfsan berildi, Karmana tumani hokimiga jarima jazosi qo‘llanildi.

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
27 avgust 2023, 04:46

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida zilzila qayd etildi. Viloyatda yer silkinishi 2−3 ballni tashkil etdi.

“Zomin” sayyohlik zonasida dor yo‘li ochildi
26 avgust 2023, 17:54

“Zomin” sayyohlik zonasida dor yo‘li ochildi

Jizzax viloyatidagi “Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasida dor yo‘li ochildi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Zonada “Suffa platosi. 2400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi ham tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonga 7 oyda 3,7 mln sayyoh keldi
26 avgust 2023, 15:41

O‘zbekistonga 7 oyda 3,7 mln sayyoh keldi

2023-yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekistonga 3,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. O‘tgan yilning ushbu davrida ko‘rsatkich 2,4 millionni tashkil etgandi.

Prezident qator xorijiy fuqarolarni taqdirladi
26 avgust 2023, 15:29

Prezident qator xorijiy fuqarolarni taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev energetika, neft-gaz va bank sohalarida faoliyat olib borayotgan 8 nafar xorijiy investorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Artur Guliyev kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 13 yildagi ilk oltin medali
26 avgust 2023, 11:09

Artur Guliyev kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 13 yildagi ilk oltin medali

O‘zbekistonlik kanoechi Artur Guliyev Germaniyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston uchun JCHning ushbu oltini so‘nggi 13 yil ichida birinchisi bo‘ldi.

Nima tayyorlaymiz: Sendvichlar
26 avgust 2023, 11:00

Nima tayyorlaymiz: Sendvichlar

Tvister sendvichi, sendvich-toblatma, kruassanli yoki bulg‘or qalampiri ichidagi sendvich va boshqalar — Zira.uz mazali va foydali, qolaversa, tez tayyor bo‘ladigan sendvichlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Surxondaryoda avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun 67 tup daraxt kesib tashlandi
26 avgust 2023, 10:53

Surxondaryoda avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun 67 tup daraxt kesib tashlandi

Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish maqsadida 67 tup daraxt noqonuniy kesildi. Avvalroq tuman hokimligi mas’uli ularni kesishga ruxsat so‘ragan, ammo ekologiya bo‘limi bunga ruxsat bermagan. Bu harakat orqali o‘simlik dunyosiga salkam 300 mln so‘m zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston va YUNESKO SI sohasida etikani targ‘ib qilganlik uchun Beruniy mukofotini ta’sis etdi
26 avgust 2023, 10:22

O‘zbekiston va YUNESKO SI sohasida etikani targ‘ib qilganlik uchun Beruniy mukofotini ta’sis etdi

O‘zbekiston va YUNESKO tomonidan sun’iy intellekt sohasida etikani targ‘ib qilish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.

Britaniyada COVID-19 qurbonlarining oilalari hukumatni sudga berdi
25 avgust 2023, 23:45

Britaniyada COVID-19 qurbonlarining oilalari hukumatni sudga berdi

COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting