Tver yaqinida, Rossiya Telegram-kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli shaxsiy samolyot quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagilarning barchasi halok bo‘lgan. Rosaviatsiya yo‘lovchilar ro‘yxatida Yevgeniy Prigojinning ism-familiyasi ham borligini ma’lum qildi.
2025-yilgacha sig‘imi ortadigan “Gazli” ombori, talaba bo‘lgan 193 ming abituriyent, 189 ball to‘plasa-da, kontraktga kirganlar, O‘zbekistonning BMTdagi yangi vakili, chorrahalardagi “tuzoq"lardan norozi haydovchilar, Dog‘istonda vafot etgan 4 nafar o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari hamda ularning rafiqalari Fuzuliy shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. “Bu Qorabog‘ni tiklashda xorijiy davlatning ilk sovg‘asidir”, — dedi Ilhom Aliyev. Maktab haqida nimalar ma’lum?
Aholi va tadbirkorlar baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit olishlari mumkin. Baliqchilik xo‘jaliklari uchun suv havzalari uchastkalari onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.
“O‘zbekneftgaz” va Rossiyaning “Forus” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Gazli Gas Storage QK 2025-yilgacha “Gazli” yerosti gaz ombori quvvatini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. “O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining holati to‘g‘risida”gi ma’ruza mualliflari ayrim savollarni o‘rtaga tashlashdi.
Hindistonning bortida oykezari bo‘lgan “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Mamlakat bu bilan SSSR, AQSh va Xitoydan keyin o‘z apparatini Oy yuzasiga qo‘ndirgan to‘rtinchi davlatga aylandi.
“O‘zbekneftgaz” va Socar kompaniyalari O‘zbekiston va Ozarbayjonda neft-gaz sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Tez orada Omoda C5 fastbek krossoveri O‘zbekistonda sotuvga chiqariladi. Tashkent City`da onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida kompaniya vakillari yangi modelning asosiy afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri ag‘darilgan afg‘on hukumati amaldorlari va askarlarining kamida 218 ta holatda sudsiz qatl etilganini qayd etdi.
Yashnobod tumanidagi 149-maktab direktori o‘qituvchilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilgan uchun jarimaga tortildi.
ASUS vakillari Tenge Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov bilan shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni saqlashning ahamiyati, banklarning kichik va o‘rta biznes sektorida rivojlanayotgani, KO‘B uchun ommabop va kam baholanayotgan kreditlash mahsulotlari haqida suhbatlashdi.
Sho‘rchi tumanidagi madaniy meros obyektlari hududlarida g‘isht ishlab chiqarilayotgani, tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorliklarga 3,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Toshkentda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlash bo‘yicha qilgan shikoyati boshqa avtoparklardagi quvvat joylarini bo‘lib berish orqali hal etildi. “Toshshahartransxizmat”, shuningdek, haydovchilarning kechikayotgan maoshlari hafta oxirigacha to‘lab berilishini va’da qildi.
Davlat OTMlari bakalavriatiga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi (shundan 42,6 mingi grant asosida). Davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ni, to‘lov-kontraktniki esa 93,3 ballni tashkil etdi.
Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bosh kotib Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi va ish faoliyatini boshladi.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti dekani fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Bu kabi holat Xorazm viloyatida ham qayd etildi.
Poytaxtdagi haydovchilar chorrahalar oldiga noto‘g‘ri joylashtirilgan mashinalar tufayli yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgan vaziyatlarni “tuzoq” deb atamoqda. Rasmiylar vaziyatni o‘rganayotganini bildirdi.
Muborak tumanidagi Xo‘ja Ravshan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qishloq xarobalari, xususan, 4 ta xona, koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari topildi.
Devid Xofman USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori bo‘ldi. Missiya 2020-yil sentabr oyida ish boshlagan. Mikaela Meredit uning ilk direktori edi. USAID rahbari Samanta Pauer AQSh O‘zbekiston xalqini yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi.
BAAda yoshlar o‘rtasida para pauerlifting bo‘yicha o‘tgan Jahon chempionatida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchining 4 nafari oltin, 1 nafari kumush va 2 nafari bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Unda qatnashgan ayol atletlardan biri Ruhshona O‘ktamova 95 kg tosh ko‘tarib, Osiyo rekordini yangiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting