Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi
28 dekabr 2022, 16:15

Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi

Samarqand aeroportida 2023 yil 1 fevralgacha turistik axborot markazi tashkil etiladi. 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar 4 va undan yuqori yulduzli mehmonxonalar faoliyati uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Toshkent viloyatida 2,1 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
28 dekabr 2022, 15:58

Toshkent viloyatida 2,1 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Yangiyo‘l tumanida joylashgan tekstil korxonasi 10,5 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladigan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning natijasida energetika tizimiga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Bayram kunlari aholi «svet» va gazdagi qarzdorlik uchun tarmoqdan uzilmaydi
28 dekabr 2022, 15:24

Bayram kunlari aholi «svet» va gazdagi qarzdorlik uchun tarmoqdan uzilmaydi

Energetika vazirligi bayram kunlarida aholi elektr energiyasi va tabiiy gazdagi qarzdorlik uchun tarmoqdan ajratilmasligini ma’lum qildi. Iste’molchilar ushbu resurslar uchun bayram kunlari ham onlayn ravishda to‘lov qilishi mumkin.

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?
28 dekabr 2022, 15:07

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

ITIM tahliliga ko‘ra, 2022 yil davomida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 12−15 foizga oshdi. Bunda elektromobillar ulushi 2,3 foizni tashkil etdi. Sotuvdagi mashinalarning 70 foizi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkentda O‘zbekistonning bosh archasi porladi
28 dekabr 2022, 15:00

Toshkentda O‘zbekistonning bosh archasi porladi

Milliy kutubxona yaqinida O‘zbekistonning bosh archasi o‘rnatildi. U yerda mehmonlar uchun sun’iy muz maydoni mavjud hamda ko‘ngilochar dastur tashkil etildi.

Rossiyada 1 yoshli o‘zbekistonlik qiz o‘yinchoq batareykasini yutib yuborishi oqibatida vafot etdi
28 dekabr 2022, 13:02

Rossiyada 1 yoshli o‘zbekistonlik qiz o‘yinchoq batareykasini yutib yuborishi oqibatida vafot etdi

Sankt-Peterburgda batareykani yutib yuborgan o‘zbekistonlik 1 yoshli qiz taxminan 3 oy o‘tib vafot etdi. Ota-ona shifokorga murojaat qilmagan. Ular qizi yutib yuborgan jism tanani o‘z-o‘zidan tark etadi deb o‘ylagan.

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi
28 dekabr 2022, 12:27

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi

Joriy yilning 25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von ($12 mln) miqdoridagi grant ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan o‘zbek-koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Sirdaryoda maktabga qayiqda qatnovchi qiz va oilasi uchun daryoda maxsus uskunali tros tortiladi
28 dekabr 2022, 12:20

Sirdaryoda maktabga qayiqda qatnovchi qiz va oilasi uchun daryoda maxsus uskunali tros tortiladi

Tarmoqlarda yosh qizaloq maktabdan qaytishda Sirdaryo daryosidan qayiq orqali suzib o‘tayotgani aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Viloyat hokimi v.b. Akmal Maxmudaliyev qiz va onasi bilan uchrashdi. Hokim ular uchun daryo qirg‘oqlarini bog‘lovchi maxsus uskunali tros tortilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi
28 dekabr 2022, 12:15

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda savdo avtomatlar orqali sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Taqiqlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi
28 dekabr 2022, 11:16

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda spirtli ichimliklar, tamaki va elektron sigaretalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi qonunga, eskisidan farqli o‘laroq, jamoat joylarining batafsil ro‘yxati kiritildi (Ro‘yxat).

Yer usti metro liniyasi faqat bir kun kech ish boshladi
28 dekabr 2022, 11:15

Yer usti metro liniyasi faqat bir kun kech ish boshladi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida poyezdlar soat 07:10 dan harakatlana boshlashi haqida xabar berilgandi. «Gazeta.uz»ning aniqlik kiritishicha, bu tartib faqat bir kun — 28 dekabr uchun joriy etilgan.

O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi
28 dekabr 2022, 11:02

O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi

Endilikda O‘zbekistonda advokatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamaydi. Bu haqdagi norma Qonunchilik palatasida o‘tgan yig‘ilishda qonun loyihasidan chiqarib tashlandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi
28 dekabr 2022, 10:08

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi

Tijorat banklari 28 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 145 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 225 so‘m.

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan — vazir
28 dekabr 2022, 09:03

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan — vazir

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. U 18 nafar bolaning ota-onasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘radi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonida YTHga uchradi: 10 kishi jarohatlandi
27 dekabr 2022, 23:01

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonida YTHga uchradi: 10 kishi jarohatlandi

Jidda-Madina yo‘lida O‘zbekistondan ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi rulda uxlab qolib, YTH sodir etdi. 50 ziyoratchidan 10 nafari jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

27 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 dekabr 2022, 22:57

27 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Dok-1 Maks» dorisi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan DXX,18 nafar bolani saqlab qololmagani uchun uzr so‘ragan SSV rahbari, senatorlar ma’qullagan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun, «Mahalla budjeti» tizimi, davlat xizmatchilari soni qanday kamaytirilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi DXX tomonidan qo‘zg‘atildi
27 dekabr 2022, 22:03

«Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi DXX tomonidan qo‘zg‘atildi

DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 18 bola o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha Quramax medical hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Senat «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi
27 dekabr 2022, 18:08

Senat «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi

Senatorlar IIV ishlab chiqqan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi. Ular bir qator normalar boshqa qonunlarga mos kelmasligini, ba’zan zid ekanini aytdi. «Qonunning bunday shaklda qabul qilinishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.

Coca-Cola`ning yangi yil karvoni bayramni yetkazib beradi: archa, bayramona salyutlar va taomlar festivali
27 dekabr 2022, 17:00

Coca-Cola`ning yangi yil karvoni bayramni yetkazib beradi: archa, bayramona salyutlar va taomlar festivali

Humo Arena`da har oqshom mehttps://www.gazeta.uz/uz/admhmonlarni ertak, Coca-Cola karvoni, bayramona salyutlar, mazali taomlar va sehrli lahzalar kutmoqda.

O‘zbekiston va Yaponiya ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida memorandum imzoladi
27 dekabr 2022, 16:07

O‘zbekiston va Yaponiya ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida memorandum imzoladi

TIV rahbari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 22−25 dekabr kunlari «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tokio shahrida bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting