Avgust oyida Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirlarining onlayn yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Payshanba tongida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi poytaxt va Toshkent viloyati tumanlarida sezildi hamda 2−3 ballni tashkil etdi.
Mobil telefonlardan ortiqcha foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi va bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi, deyiladi YUNESKO hisobotida. Dunyoning har to‘rtinchi davlatida maktablarda smartfonlar allaqachon taqiqlangan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukusning yangi hokimi bo‘ldi. U Utemurat Panayev o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.
Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari, Farg‘onada kesib tashlangan 1213 tup daraxt, Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya, elektromobil importi oshgani, testda qatnashadigan 948 mingdan ortiq abituriyent, 7 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Sodir Meliboyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Energetika tizimidagi yuk ortishi munosabati bilan Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Tarqatish punktlari soviganidan so‘ng elektr ta’minotini tiklash rejalashtirilgan.
Jahon iqtisodiyoti pandemiyadan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda, biroq tarixiy standartlar bo‘yicha zaif o‘sishni ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Global inflyatsiya esa yuqoriligicha qolmoqda.
Xonqa tumanida korxonadan ifloslantiruvchi moddalari bo‘lgan oqova suvlar chiqishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi. Hayvonot dunyosiga 223,3 mln so‘m zarar yetkazilgan. Jinoyat ishining tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga elektromobillar importi qariyb 5 baravarga — 5403 tagacha oshdi. Ularning umumiy qiymati 167 mln dollarni tashkil etdi. Har to‘qqizinchi elektromobil Xitoydan olib kelinmoqda, Gonkongdan yetkazib berish ham oshgan.
Turkiyaning Medex Textile kompaniyasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Bu yil oliygohlarga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyentning 948 486 nafari test sinovida qatnashadi. Ularning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni tanlagan. Qolaversa, eng ko‘p — 33 721 nafar abituriyent har yilgidek O‘zbekiston milliy universitetiga o‘qishga kirish niyatida.
Paxtachi tumanida fuqaroni 18 500 dollar evaziga Isroilga, Payariqda esa 16 000 dollarga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
“Yunistrim” O‘zbekistonda odatdagidek ishlashda davom etishini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari limitini oshirdi. 20-iyul kuni AQSh bu to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka qarshi sanksiya joriy qilgandi va keyin O‘zbekistonning 5 ta banki “Yunistrim” bilan ishlashni to‘xtatgandi.
MHTI mutaxassislari O‘zbekistonda agrodronlarni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat olish tartibi ancha murakkabligi tufayli ulardan foydalanish keng tarqalmaganini ma’lum qildi. Ular xorij tajribasini inobatga olib, bu bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.
Jurnalist Abduqodir Mo‘minovning sud ishi boshlandi. Dastlabki kunda jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi. Eshituv mobaynida sudlanuvchi va uning advokati o‘z e’tiroz va fikrlarini bildirdi.
27−30-iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Fitch Ratings O‘zbekiston kredit reytingini oshirishning asosiy omili sifatida boshqaruv standartlarini takomillashtirish va tuzilmaviy islohotlarni qayd etdi. Agentlik institutlar mustaqilligi va byurokratik apparatni qisqartirish muhimligini ta’kidladi.
Shveysariyada o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonliklar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sovrindorlar umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabi o‘quvchilari hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting