Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.
Bloger Doniyor Qayumov Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topilib, sud unga 6 mln so‘m jarima belgiladi.
Buxoro viloyatidagi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida olefin ishlab chiqarish gaz-kimyo majmuasi tarkibida metanol ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etiladi.
Armaniston va Ozarbayjon Moskvadagi uchrashuvda bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlar munosabatlarni tartibga solish yo‘lida “ildam qadamlar tashlayotganini” bildirdi.
O‘zbekistonning yettita shahrida Xalq nazorati platformasi ishga tushiriladi, xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi hamda 47 turdagi ma’lumotning talab etilishi bekor qilindi.
Yangi HONOR X9a o‘zining ko‘rkam dizayni, yetarlicha kuchli “temiri”, tez quvvatlanishi, uchta kamerasi va yuqori darajada ishlaydigan yorqin ekrani bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda fuqarolar 1-sentabrdan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalari buzilgan holatlarni foto va videotasvirga olib, Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborishi mumkin. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, bu haqda xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.
Toshkentdagi universitetning 20 yoshli talabasiga voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Unga ko‘ngilochar joylarga bormaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, internetdan foydalanmaslik va boshqa taqiqlar yuklandi.
Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosida yangi liniya va stansiyalar qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi. O‘zbekistonda Wilmar International distribyutorlik xabini ochishi, PSB Academy ta’lim muassasasi qurishi, Enercon Asia esa quyosh panellarini o‘rnatishi mumkin.
Toshkentda o‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs va uning sherigi 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. Ular Farg‘onadagi tumanga hokim qilib qo‘yishi evaziga fuqarodan jami 80 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat sekin ko‘tarilib, +32…+35, shimolda va cho‘l hududlarda +35…+37 darajani tashkil etadi.
Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milishga borib, cho‘kib ketdi. Ulardan birining murdasi topilgan, qolgan ikki bola qidirilmoqda.
Asialuxe Travel turoperatori Turkiyadagi halol dam olish maskanlarining afzalliklari hamda turistik to‘plamlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tijorat banklari 26-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 480 so‘m.
Poytaxtda jamoaviy yig‘inlar o‘tkazib, kelgusida Suriya hududidagi terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aytilayotgan 8 nafar shaxs ushlandi. Ular “Tavhid va jihod katibasi” tashkilotining g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda.
O‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekiston xalq artisti” bo‘lib, “El-yurt hurmati” ordeniga ham loyiq ko‘rilgan.
Xalqaro savdo markazi Ready4Trade Central Asia loyihasi natijalarini taqdim etdi. Loyihada savdo tartib-qoidalari soddalashtirildi, transchegaraviy boshqaruv bo‘yicha o‘quv dasturi joriy qilindi.
Global xavf-xatarlar va boshqa muammolar kuchayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinchi galdagi vazifalarini hal etish uchun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishni taqozo qilmoqda, — dedi O‘zbekiston prezidenti YeOII onlayn sammitida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting