Boysunda deputat Haj uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan qishloqqa ko‘prik qurib berdi
29 may 2023, 18:07

Boysunda deputat Haj uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan qishloqqa ko‘prik qurib berdi

Surxondaryo viloyatida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan Gumatak qishlog‘ida ko‘prik qurib berdi. Tuman hokimi deputatni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Robaxon Mahmudova “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi
29 may 2023, 17:33

Robaxon Mahmudova “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi

“Adolat” SDPdan prezidentlik saylovi uchun Robaxon Mahmudova nomzod sifatida tasdiqlandi. Uning saylovoldi dasturida “Ijtimoiy davlat-2030” dasturini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkak 15 sutkaga qamaldi
29 may 2023, 16:55

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkak 15 sutkaga qamaldi

Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda 6 ta avtomobil to‘qnashdi
29 may 2023, 16:52

Toshkentda 6 ta avtomobil to‘qnashdi

Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hech kimga tan jarohati yetmagani ma’lum qilindi.

Eron-Afg‘oniston chegarasida otishma yuz berdi, qurbonlar bor
29 may 2023, 15:51

Eron-Afg‘oniston chegarasida otishma yuz berdi, qurbonlar bor

Eron-Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan otishmada kamida 3 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat Hilmand daryosi suvidan foydalanishdagi nizo sababli keskinlashgan.

O‘zbekistonga benzin qayerdan keladi? Uning hajmi va narxi haqida
29 may 2023, 15:41

O‘zbekistonga benzin qayerdan keladi? Uning hajmi va narxi haqida

2023-yilda O‘zbekistonga benzin importi bir necha barobar oshdi. Birinchi to‘rt oyda 335,2 mln litr keltirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p. Importning umumiy qiymati 136,67 mln dollarni yoki litri uchun 0,4 sentni tashkil etdi. Importning aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keldi.

XDP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
29 may 2023, 14:46

XDP O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Ulug‘bek Inoyatov prezidentlik saylovlarida XDPdan nomzod sifatida tasdiqlandi. Partiya qurultoyida nomzodning qimmat mol-mulk uchun soliq joriy etish, sudlov hay’ati institutini tashkil qilish va boshqalarni nazarda tutuvchi dasturi ham tasdiqlandi.

Bayden AQSh qarzi chegarasi bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi
29 may 2023, 14:38

Bayden AQSh qarzi chegarasi bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi

Oq uy va Respublikachilar partiyasi AQSh davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha kelishib oldi, bu esa jahon iqtisodiyotiga tahdid soladigan defoltning oldini olishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 4 oy ichida salkam 500 kishi YTH qurboni bo‘ldi
29 may 2023, 13:09

O‘zbekistonda 4 oy ichida salkam 500 kishi YTH qurboni bo‘ldi

2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada 2144 ta yo‘l transport hodisasi oqibatida 499 kishi vafot etdi.

Xorazmda o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi
29 may 2023, 13:01

Xorazmda o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi

Xonqa tumanidagi maktabning 61 yoshli o‘qituvchisiga nisbatan 2 nafar 3-sinf o‘quvchisiga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Nemolchi.uz loyihasi ishni qayta kvalifikatsiyalashni talab qilib, pedagog o‘z qilmishi uchun to‘liq jazolanishini so‘radi.

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi
29 may 2023, 12:53

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha eng nufuzli turnirlardan biri — Norway Chess musobaqasida ishtirok etadi, unda Magnus Karlsen, Aliriza Firuzja va dunyoning boshqa kuchli shaxmatchilari qatnashadi.

Buxoroda erkak xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi
29 may 2023, 12:18

Buxoroda erkak xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi

Kogon shahrida er xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Janjalni ajratmoqchi bo‘lgan erkakning onasi ham jarohat oldi.

Toshkentdagi bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchilgani aniqlandi
29 may 2023, 11:46

Toshkentdagi bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchilgani aniqlandi

Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelgan kollej o‘quvchisi uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgani aniqlandi. U amaliyotdan chetlatildi, holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

“Har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida
29 may 2023, 11:27

“Har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida

O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda va parallel ravishda kichik atom reaktorlari sohasidagi yutuqlarni o‘rganmoqda. “AES qurish davlat uchun juda jiddiy majburiyatdir. Biz har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”, — dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Andijonda kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit halok bo‘ldi
29 may 2023, 10:52

Andijonda kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit halok bo‘ldi

Marhamat tumanida 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lib, o‘zi cho‘kib ketdi. Qiz boshqa odamlar tomonidan qutqarildi, yigitning jasadi oradan 3 kun o‘tib topildi.

O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
29 may 2023, 10:44

O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi davomida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari +15…+20 daraja, kunduzi +35…+37 darajagacha bo‘ladi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 475 so‘m etib belgilandi
29 may 2023, 10:22

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 475 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 29-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 475 so‘m.

Turkiya MSK Erdog‘anning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi
29 may 2023, 10:02

Turkiya MSK Erdog‘anning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Turkiya MSK rahbari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida avvalroq 52,15 foiz ovoz olgan Erdog‘an g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. U xalqqa “demokratiya bayrami” uchun minnatdorlik bildirdi, muxolifat nomzodi Qilichdaro‘g‘li esa saylovlarni oxirgi yillardagi eng adolatsiz saylovlardan biri deb atadi.

Samarqandda fuqarolarni $30 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda
29 may 2023, 09:58

Samarqandda fuqarolarni $30 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda

Samarqandda 30 ming dollar evaziga fuqarolarni Meksika orqali AQShga noqonuniy yuborishga kelishib, shundan 10 ming dollarni olishda gumon qilingan shaxsni ushlandi.

Farg‘onada Milliy gvardiya va tez yordam mashinalari to‘qnashdi
29 may 2023, 09:36

Farg‘onada Milliy gvardiya va tez yordam mashinalari to‘qnashdi

Quvasoyda Qo‘riqlash boshqarmasi va tez yordam mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting