Yaponiya poytaxti Tokioda 2025-yil apreldan ishchi onalarga yordam ko‘rsatish va tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy qilinadi. 2023-yilda 727,2 mingta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, bir ayolga to‘g‘ri keladigan bola soni 1,2 tagacha pasayib ketgan.
Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan.
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” 2030-yilga kelib molibden ishlab chiqarishni qiymat jihatidan 3,4 barobar, volframni esa 50 barobarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Isroil Suriyadagi eng muhim 250 dan ortiq harbiy obyektga, jumladan, Rossiya bazalari joylashgan Latakiyaga havo hujumlarni uyushtirdi. Avvaroq Isroil harbiylari 50 yil ichida birinchi marta Suriya hududiga kirgandi.
Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Uzbekistan Airways davlat muassasasida tahsil oluvchi talabalar uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarning ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma e’lon qildi.
“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, MIZ ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari direksiyalar zimmasiga yuklatiladi.
Haftaning birinchi yarmi juda sovuq bo‘lishi, ikkinchi yarmidan esa harorat asta ko‘tarilishi, xususan, janubda shanba kuni +15 darajagacha iliq bo‘lishi kutiladi. Ish kunlari yog‘inlarsiz o‘tadi. Dam olish kunlari esa, navbatdagi nam havo oqimlari kirib kelishi bilan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi: kunduz kunlari 0…+12, kechalari −8…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 13−14-dekabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanbadan yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
10-dekabrda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Havas supermarketi va unga tutash bo‘lgan osh markazida katta yong‘in chiqdi. Voqea joyiga 16 ta ekipaj jalb qilingan, yong‘in 40 daqiqa davomida o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Video.
O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqiga GSP+ savdo imtiyozli rejimini yana 10 yilga uzaytirishni, shuningdek, bojsiz eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa standartlariga moslashtirish masalalari va boshqalar muhokama qilindi.
Energetika vazirligi gaz zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgani sababli birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshirilishini ma’lum qildi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. “Biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini intiqlik bilan kutyapmiz va bu a’zolik unga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib kelishiga ishonamiz”, — dedi Tailand vakili.
Energetika vazirligi keskin sovuq tufayli elektr va gazga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi. Quvurlarda gaz bosimining pasayishi sababli bir qator gaz quyish shoxobchalarining faoliyati vaqtincha cheklanmoqda. Biroq elektr energiyasini yetkazib berishga majburiy cheklovlar kiritilmaydi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiya, Bosniya va Gersegovina hamda Venesuelaning O‘zbekistondagi yangi elchilari bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Sukunat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat aholini me’yordan ortiq tovush bosimi va shovqinning zararli ta’siridan muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan. Ish kunlari soat 22:00 dan 07:00 gacha, dam olish kunlarida 22:00 dan 09:00 gacha shovqin solish taqiqlanadi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi. Bundan tashqari, u davlatga xiyonatda va hokimiyatni suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. Politsiya uni so‘roq qilishi mumkinligini istisno etmadi.
Toshkentning Yunusobod tumanida avtobus, Matiz va Tracker-2 ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan.
AQSh Bashar Asad rejimi qulagach, “terrorchilar yana paydo bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun” IShIDning Suriyadagi 75 dan ortiq nishoniga zarbalar berdi. Bayden hokimiyatni o‘tkazish jarayonida Oq uyning Suriyadagi barcha guruhlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi tasdiqlandi. Elektron brasletlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting