10 oy davomida ombudsmanga ozodlikdan mahrum etish joylarida huquq-tartibot idoralari tomonidan turli tazyiqlar yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan. 14 ta shikoyat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tayinlangan, 3 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 10 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0…-10 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.
Buxoro viloyatining Muhandislik institutida 4-bosqich talabasi oliygoh yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi. Holat bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi surishtiruv o‘tkazmoqda.
Toshkent viloyati Qibray tumanida daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. U otga minib, daryodan o‘tayotganda, jonivorning oyog‘i toyib, suvga yiqilgan.
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida prezident transport, energetika va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Onix turar joy majmuasi tayyor kadastrga ega zamonaviy kottejlarini “Yangi yil” aksiyasida xarid qilishni taklif qilmoqda.
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Anvar Alimov Respublika endokrinologiya markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bosh boshqarmaga esa Botirbek Isabekov rahbar v.b. bo‘ldi.
Yunusobod tumanida Matiz beton to‘siqqa urilganidan so‘ng butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish jarayonidagi ishlar sifatsiz ekani va talabga javob bermasligi sabab 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi. Qoidabuzarliklar bilan bajarilgan ishlar buzildi.
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.
7−8-dekabrda Toshkentdagi Xamar san’at galereyasida kolleksiya qo‘g‘irchoqlari va mualliflik o‘yinchoqlarining qishki festivali bo‘lib o‘tadi. Ustalar “Karnaval” mavzusidagi 500 dan ortiq qo‘lbola qo‘g‘irchoqlarni taqdim etadi. Dasturda Venetsiya niqoblari va zanjabilli pryaniklar bo‘yash mahorat darslari ham mavjud.
Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.
O‘tgan noyabr oyi odatdagidan issiqroq, lekin avvalgi yilning noyabridan sovuqroq bo‘ldi. Oy davomida yomg‘ir kam, ammo jadal yog‘di. Umuman olganda, 2024-yilning kuz fasli normadan biroz iliqroq bo‘ldi, deya qayd etdi O‘zgidromet.
Prezidentning sobiq maslahatchisi Muzaffar Komilov yana O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi.
Termiz xalqaro aeroporti hududidagi noqulay ob-havo va qalin tuman sababli Toshkent — Termiz va Termiz — Sankt-Peterburg reyslari bekor qilindi. Uzbekistan Airways holat juma kuni ham davom etishi mumkinligini ta’kidladi.
Prezidentga avtomobil sanoatining 2025-yilgi rejalari taqdim qilindi. Unda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkinligi qayd etildi.
O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi.
Turkiyaning Klimasan kompaniyasi Artel bilan strategik kelishuv imzoladi. Hamkorlik doirasida sovitkichlarning uchta yangi modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari etib tayinlandi.
Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting