Prezident Bo‘stonliqda qurilayotgan kapsula mehmonxonasini ko‘zdan kechirdi
6 dekabr 2024, 20:50

Prezident Bo‘stonliqda qurilayotgan kapsula mehmonxonasini ko‘zdan kechirdi

Bo‘stonliq tumanida kapsula shaklidagi uylardan iborat dam olish maskani qurilmoqda. Prezident Baxmal, Shahrisabz va Boysunda ham shunday kapsulalar o‘rnatish ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, bu hududlarga qiziqishni oshirish imkonini berishini ta’kidladi.

Toshkent hokimi qishda ko‘chalarni qor va muzdan tozalaydigan maxsus texnikalar tayyorgarligini tekshirdi
6 dekabr 2024, 20:35

Toshkent hokimi qishda ko‘chalarni qor va muzdan tozalaydigan maxsus texnikalar tayyorgarligini tekshirdi

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov qishda ko‘chalarni qor va muzdan tozalashga mo‘ljallangan 305 ta maxsus texnika imkoniyatlari bilan tanishdi. 80 ta qor tozalovchi, 24 ta qum-tuz sepuvchi, vakuumli supuruvchi mashinalar shular jumlasidan.

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi tur natijalari bekor qilindi
6 dekabr 2024, 20:34

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi tur natijalari bekor qilindi

Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi “jarayonning to‘g‘riligi va qonuniyligini ta’minlash uchun” prezident saylovining birinchi tur natijalarini bekor qildi. Yangi saylov sanasini hukumat belgilaydi. OAV Rossiya saylovga aralashgani va birinchi tur g‘olibining targ‘iboti uchun keng ko‘lamli kampaniya o‘tkazganini yozmoqda.

Konstitutsiya kuni arafasida 483 mahbus, jumladan, 25 xorijlik afv etildi
6 dekabr 2024, 20:08

Konstitutsiya kuni arafasida 483 mahbus, jumladan, 25 xorijlik afv etildi

Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 483 nafar shaxs afv etildi. Ularning 107 nafari jazodan to‘la ozod etildi, 275 nafari — shartli. Afv etilganlar orasida 25 nafar chet el fuqarosi, 104 nafar voyaga yetmaganlar mavjud.

Konstitutsiyaning har bir moddasini o‘rganish muqaddas burch va mezonga aylanishi kerak — prezident
6 dekabr 2024, 19:58

Konstitutsiyaning har bir moddasini o‘rganish muqaddas burch va mezonga aylanishi kerak — prezident

Konstitutsiya — “xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli”, dedi prezident Konstitutsiya kuni bilan tabrigida. “Bu noyob qomusning har bir moddasini o‘rganish, ularga hurmat, mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish barchamiz uchun muqaddas burch va mezonga aylanishi kerak”, — dedi u.

“Prezident Asadga Suriya taqdirini birga hal qilishni taklif etdik, lekin ijobiy javob olmadik” — Erdog‘an
6 dekabr 2024, 19:39

“Prezident Asadga Suriya taqdirini birga hal qilishni taklif etdik, lekin ijobiy javob olmadik” — Erdog‘an

Turkiya yetakchisi Erdog‘an Suriya prezidenti Bashar Asadga isyon bilan bog‘liq vaziyatni birgalikda tartibga solishni taklif qilgani, ammo ijobiy javob olmaganini aytdi. “Idlib, Hama, Homs va, albatta, maqsad Damashq. Muxolifatning yurishi, umid qilamizki, muammolarsiz davom etadi”, — dedi u.

Yangi yil munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
6 dekabr 2024, 19:19

Yangi yil munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun 15−31-dekabr va 3−12-yanvar kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. “Temiryo‘lekspress” harakat jadvalini havola qildi.

Ziyorat, zavodlar va sirli toshlar. G‘allaorol shahri aholisining hikoyalari
6 dekabr 2024, 19:00

Ziyorat, zavodlar va sirli toshlar. G‘allaorol shahri aholisining hikoyalari

O‘zbekistonning eng qadimiy qishloqlaridan birining tarixi - "Uzum Market" bilan maxsus loyihada.

Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi prezident iste’fosini qo‘llab-quvvatladi
6 dekabr 2024, 18:44

Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi prezident iste’fosini qo‘llab-quvvatladi

Janubiy Koreyadagi hukmron partiya yetakchisi prezident Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilib, xavfsizlik xizmatlariga taniqli siyosatchilarni, jumladan, muxolifat vakillarini hibsga olishni buyurgani ma’lum bo‘lgach, hokimiyatdan chetlatilishi kerak, deb hisoblamoqda.

Prezident Ugamdagi kichik GES ishi bilan tanishdi
6 dekabr 2024, 18:24

Prezident Ugamdagi kichik GES ishi bilan tanishdi

Prezident Ugam daryosi bo‘yidagi kichik GESda bo‘ldi. Uning quvvati 1,48 MVtni tashkil etadi, bu yiliga 11,8 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozirda daryoda ikkita kichik GES ishlamoqda, ammo suv oqimidan takror foydalanish orqali bunday stansiyalar sonini 10 taga yetkazish mumkin.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
6 dekabr 2024, 17:35

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

O‘zbekiston YHQga 3D piyodalar o‘tish joylari kiritildi. Endi yo‘llar xavfsizroq bo‘ladimi?
6 dekabr 2024, 16:47

O‘zbekiston YHQga 3D piyodalar o‘tish joylari kiritildi. Endi yo‘llar xavfsizroq bo‘ladimi?

O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalariga 3D “zebra” va 3D baland piyodalar o‘tish joylari, shuningdek, yangi “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi kiritildi. “Gazeta.uz” bu borada mutaxassislarning fikrlarini o‘rgandi.

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini ko‘paytiradi
6 dekabr 2024, 16:02

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini ko‘paytiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov turkman tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi. Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan qo‘shma gaz loyihalarini ham muhokama qildi.

Makron “yaqin kunlarda” Fransiyaga yangi bosh vazir tayinlashga va’da berdi
6 dekabr 2024, 15:23

Makron “yaqin kunlarda” Fransiyaga yangi bosh vazir tayinlashga va’da berdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “yaqin kunlarda” yangi bosh vazir tayinlashni va’da qildi. U o‘zining iste’foga chiqishini istisno etdi va siyosiy inqiroz uchun aybni o‘ta o‘ng hamda so‘l partiyalarga to‘nkadi.

Vazirlik va idoralarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi
6 dekabr 2024, 15:21

Vazirlik va idoralarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi

Prezident qarori bilan 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat oliygohlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarda ham sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−9-dekabr)
6 dekabr 2024, 15:14

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−9-dekabr)

Jeki Chan ishtirokidagi “Panda operatsiyasi”, BTS RM haqidagi film va yana to‘rtta kinopremyera, asal yarmarkasi, stend-ap shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari hamda uch kunlik bayram ta’tilida bo‘lib o‘tadigan boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi Ugam River turistik majmuasini borib ko‘rdi
6 dekabr 2024, 15:05

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi Ugam River turistik majmuasini borib ko‘rdi

Prezident Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan Ugam River turistik majmuasi bilan tanishdi. U soha mutasaddilariga hudud targ‘ibotini kengaytirib, bunday maskanlarga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Bo‘stonliqdagi “Chorvoq darvozasi” loyihasi bilan tanishdi
6 dekabr 2024, 14:17

Prezident Bo‘stonliqdagi “Chorvoq darvozasi” loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, “Chorvoq darvozasi” loyihasi bilan tanishdi. 25 gektar maydondagi sayyohlik majmuasida 16 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta mehmonxona, 2 ta supermarket, shuningdek, Chirchiq daryosi ustidan shishali ko‘prik qurish reja qilinmoqda.

“O‘zavtosanoat” rahbari — mahalliylashtirish, millionta ish o‘rni yaratish va rivojlanish strategiyasi haqida
6 dekabr 2024, 13:20

“O‘zavtosanoat” rahbari — mahalliylashtirish, millionta ish o‘rni yaratish va rivojlanish strategiyasi haqida

“O‘zavtosanoat” rahbari 2030-yilga borib mahalliylashtirish hisobiga importni 500 mln dollarga qisqartirish va milliondan ortiq ish o‘rni yaratishni reja qilayotganini ma’lum qildi. “Shuncha yildan beri davlat qo‘llab kelmoqda, uning rivojida salmog‘imizni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan”, — dedi u.

Toshkent va Xo‘jakent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlar 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritiladi
6 dekabr 2024, 13:17

Toshkent va Xo‘jakent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlar 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritiladi

Prezident yangi elektropoyezdda Toshkentdan Xo‘jakentga safar qilib, temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi. U yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting