«Farzandim sinf bo‘yicha darsga borgan yagona o‘quvchi bo‘libdi». Tarmoqdagilar maktablar ochilishi haqida nimalar demoqda?
11 yanvar 2023, 14:39

«Farzandim sinf bo‘yicha darsga borgan yagona o‘quvchi bo‘libdi». Tarmoqdagilar maktablar ochilishi haqida nimalar demoqda?

11 yanvar kuni O‘zbekistondagi ko‘p maktablarda ustozlar o‘quvchilar kelmagani tufayli, bo‘sh sinf xonalariga dars o‘tdi. Bunga bir kun avval yarim tunda chiqqan maktablarda o‘qish boshlanishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» tarmoqdagilar bu holatga bildirgan munosabatlarni bir materialga jamladi.

Toshkent shahrida Yevropa kiyigini hujjatlarsiz olib yurgan fuqaro aniqlandi
11 yanvar 2023, 14:35

Toshkent shahrida Yevropa kiyigini hujjatlarsiz olib yurgan fuqaro aniqlandi

«Yangihayot» blokmaskani (Surum)da 2 fuqaro mashinada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan bir bosh Yevropa kiyigini hujjatsiz olib yurgani aniqlandi. Jonivor vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Bog‘chalarning barcha xodimlari ta’til kunlari ham ishda bo‘lishi kerak — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
11 yanvar 2023, 14:02

Bog‘chalarning barcha xodimlari ta’til kunlari ham ishda bo‘lishi kerak — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’til kunlarida ham bolalar bog‘chalarining barcha xodimlari (oshpazlar bundan mustasno) ish joylarida bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. «Qo‘shimcha ta’til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchun», — deyiladi xabarda.

Ayrim mahalliy aviareyslar bekor qilindi. Ba’zi xalqaro qatnovlar esa kechikmoqda
11 yanvar 2023, 13:29

Ayrim mahalliy aviareyslar bekor qilindi. Ba’zi xalqaro qatnovlar esa kechikmoqda

Uzbekistan Airways noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarga qo‘yilgan reyslar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, mahalliy aviaqatnovlarning ham ayrimlari bekor qilindi.

Banklar dollarning sotish kursini 20 so‘mga oshirdi
11 yanvar 2023, 11:31

Banklar dollarning sotish kursini 20 so‘mga oshirdi

Tijorat banklari 11 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 so‘m.

Qayerda qachon o‘qish boshlanadi?
11 yanvar 2023, 10:59 1

Qayerda qachon o‘qish boshlanadi?

Vazirlar Mahkamasi bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklarga ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi. Shu munosabat bilan darslar viloyatlarda turlicha — 11, 12, 13, 16 hamda 18 yanvardan boshlanmoqda (ro‘yxat).

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka» aniqlandi
11 yanvar 2023, 10:15

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka» aniqlandi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron tumanida noqonuniy faoliyat yuritayotgan «zapravka»larni aniqladi. AGTKSHlarning uskunalari foydalanishga yaroqsizligi, elektr energiyasidan jami 111 mln so‘m qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.

Jizzaxda 1 sentabrgacha elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
11 yanvar 2023, 10:10

Jizzaxda 1 sentabrgacha elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda avtomobilsozlik tarmog‘ida o‘sishni ta’minlash uchun 2023 yil 1 sentabrga qadar Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini to‘liq quvvatga chiqarish topshirildi.

Samarqandda “Jiguli” va avtobus to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
11 yanvar 2023, 09:26

Samarqandda “Jiguli” va avtobus to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Paxtachi tumanida VAZ-21013 haydovchisi avtobus yo‘liga chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana uch kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda pullik avtoturargohlarni o‘rnatish bilan kim shug‘ullanadi?
11 yanvar 2023, 00:28

Toshkentda pullik avtoturargohlarni o‘rnatish bilan kim shug‘ullanadi?

Toshkent shahar hokimi poytaxtning 10 ta markaziy ko‘chasida birinchi pullik avtoturargohlar tizimini yaratishni ma’qulladi. Loyiha 10 yilga tuzilgan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi asosida Kasy Park kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

E — e’tibor. K — ketma-ketlik
11 yanvar 2023, 00:00

E — e’tibor. K — ketma-ketlik

Yangi kun boshlanishiga 2 soatgina vaqt qolganida Toshkent rasmiylari anomal sovuq tushishi sabab uzaytirilgan qishki ta’til tugagani va maktablarda o‘qishlar boshlanishi haqida xabar bera boshladi. Bosh muharrir munosabati.

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 yanvar 2023, 22:27

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qorli Toshkent, talabalar va o‘quvchilar muddatidan oldin o‘qishga qaytishi, hafta oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo, litsenziyasi to‘xtagan Marion Biotech kompaniyasi, hokimliklarga yo‘llarni tozalashni topshirgan prezident, «Ippodrom» bozorida qulab tushgan soyabon va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori bo‘ldi
10 yanvar 2023, 21:21

Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori bo‘ldi

O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud tergovi yakunlandi. Endi navbat — muzokaralarga
10 yanvar 2023, 21:07

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud tergovi yakunlandi. Endi navbat — muzokaralarga

Qoraqalpog‘istondagi voqealar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha sud yakunlovchi bosqichga o‘tmoqda: sud tergovi yakunlandi, endi navbat — muzokaralarga. So‘nggi kunlarda tomonlar ish bo‘yicha videomateriallar va boshqa ashyoviy dalillarni o‘rganishdi.

7 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
10 yanvar 2023, 18:01

7 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet markazi 11−16 yanvar kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Andijonda tez yordam inspektori pora olishi ortidan filial direktori ishdan bo‘shatildi
10 yanvar 2023, 17:58

Andijonda tez yordam inspektori pora olishi ortidan filial direktori ishdan bo‘shatildi

Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prezident hokimliklarga yo‘llarni tozalash ishlarini topshirdi
10 yanvar 2023, 17:47

Prezident hokimliklarga yo‘llarni tozalash ishlarini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev barcha darajadagi hokimlarga noqulay ob-havo davomida yo‘llarni tozalash ishlari va transport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etishni topshirdi. Hukumatga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish va muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

«Aytish va qaytish». Ijtimoiy tarmoqlarda kutilmagan vaqtda o‘qish boshlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi
10 yanvar 2023, 17:28 1

«Aytish va qaytish». Ijtimoiy tarmoqlarda kutilmagan vaqtda o‘qish boshlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Anomal sovuq sabab ta’tili cho‘zilgan o‘quvchi-talabalar aynan sovuq kunlarda yana qayta o‘qishga chaqirib olindi. Ijtimoiy tarmoq faollari orasida bu qaror keng muhokamalarga, xususan, tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» holatga bildirilgan munosabatlarni bir yerga jamladi.

Toshkentda «Ippodrom» bozori hududidagi soyabonlar qulab tushdi
10 yanvar 2023, 17:07

Toshkentda «Ippodrom» bozori hududidagi soyabonlar qulab tushdi

«Chilonzor buyum savdo kompleksi»dagi soyabonlar qalin qorni ko‘tara olmay qulab tushdi. Hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar evakuatsiya qilindi. Savdo do‘konlari vaqtinchalik yopildi. Qolaversa, «Bek baraka» savdo kompleksi ham noqulay ob-havo tufayli 3 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Marion Biotech kompaniyasi litsenziyasi to‘xtatildi. Uning dorisi O‘zbekistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan
10 yanvar 2023, 16:40

Marion Biotech kompaniyasi litsenziyasi to‘xtatildi. Uning dorisi O‘zbekistonda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan

Hindistonda O‘zbekistonda bolalarning ommaviy o‘limiga aloqador yo‘tal siropini ishlab chiqargan kompaniya — Marion Biotech litsenziyasi to‘xtatildi. Hozirgacha «Dok-1 Maks» siropidan O‘zbekistonda 20 dan ortiq bola vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting