Markaziy bank 26 dekabridan boshlab 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi. Tangalar ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.
Tijorat banklari 22 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 310 so‘m.
Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 3 bolali ayolni turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
O‘zbekiston noyabrda Xitoyga 39,6 mln dollarlik gaz eksport qilganini ma’lum qildi. Xitoy tomoni esa qariyb uch baravar yuqori — 114,2 mln dollarlik ko‘rsatkichni keltirdi. Davlat statistika qo‘mitasi bu farq bo‘yicha izoh berdi.
Toshkentdagi avtobus saroylari qisqa fursatda kam harakatli fuqarolar uchun noqulay bo‘lgan 150 dan ortiq Isuzu avtobuslari bilan boyidi. «Toshshahartransxizmat» rahbari «Gazeta.uz»ga buning vaqtinchalik yechim ekanini ma’lum qildi. U sohaga huquq-tartibot organlarining jalb qilinganiga ham izoh berdi.
Poytaxt avtobuslarini ta’mirlashga 5 mlrd so‘m ajratilishi, O‘zbekistonga kelgan Toqayev, hibsga olingan bloger Shohida Salomova, yana is gazidan o‘lim, avtobusda yurishni boshlagan transport vaziri, 15 yoshli bolaga qo‘pollik qilgan IIO xodimlari, ko‘chadagi tirbandlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilgach, aholi hokimlarni bevosita saylash huquqiga ega bo‘ladi, dedi senator Tolibjon Madumarov. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati hamda kengash nazorati to‘g‘risidagi qonunlar loyihasi tayyor. Hokimlar saylovi yo‘lga qo‘yilishi haqida 2016 yildan beri gapiriladi.
Yong‘in xavfsizligi organlarining xulosasiga ko‘ra, Toshkentdagi «Ilhom» teatrida sodir bo‘lgan yong‘inga elektr simlarining eskirgani sababli yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Teatr yaqin vaqt ichida tiklash-ta’mirlash ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari sun’iy oshirilib, bozorlarda ajiotajlar yuzaga kelgan taqdirda, vakolatli organlar kompaniyalar binolariga kirish hamda omborlarda xatlov o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.
Quvalik haydovchi Farg‘onada o‘ziga nisbatan noqonuniy bayonnoma tuzgan ikki nafar YPX xodimini ruhiy azob yetkazganlikda ayblab sudga berdi. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, inspektorlarning har biriga 3 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari bloger Shohida Salomovani tuhmat va haqorat bo‘yicha jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qildi. Ayol «ruhiy holatini tekshirish uchun» tibbiy muassasaga joylashtirildi. Qizining xabar berishicha, advokatga ayol bilan uchrashishga ruxsat berilmayapti.
Urgut tumanida «qizil»da o‘tib ketgan Damas Nexia va Lada bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Lada haydovchisi vafot etdi. Damas`ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati Oliy ta’lim vazirligi mamlakatda mavjud universitetlarga maktub yo‘llab, talaba qizlarning ta’lim muassasalaridagi o‘qish jarayonlarida ishtirok etishini to‘xtatib qo‘yish haqida buyruq berdi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Uchko‘prik tumanida er-xotin qo‘lbola usulda yasalgan pechkadan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiya qilishdagi yosh chegarasi amaldagi qonunga nisbatan bir yoshga uzaytirilib, 21 yosh etib belgilanishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Senatning navbatdagi yalpi majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Toshkent shahridagi 220 dan ortiq avtobuslarni joriy va kapital ta’mirlash uchun 5 mlrd so‘m ajratildi. Ma’lum bo‘lishicha, 175 ta avtobus keyingi faoliyatga yaroqsiz deb topilgan va ular hisobdan chiqariladi.
21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq biznes-forumi yakunlari bo‘yicha Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shuningdek, tomonlar qiymati $3 mlrddan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga Turkmaniston gazidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Sirdaryo daryosini suv bilan ta’minlovchi To‘xtagul suv omborida suv sathining keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetkazib berdi.
Dekabr oyining oxirigacha Karcher kompaniyasining mahsulotlarini 30 foizgacha bo‘lgan chegirmali narxlarda xarid qilish imkoniyati mavjud.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting