Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz yetishmasligi sababli qozonxonalarda zaruriy haroratdagi issiqlikni ishlab chiqara olmayotgani, bu esa isitish sifatining yomonlashishiga olib kelayotganini ma’lum qildi.
Rossiyada endilikda aeroportlar, vokzallar, maktablar, universitetlar, kasalxonalar va cherkovlar yonidagi hududlarda mitinglar o‘tkazish taqiqlanadi. Tegishli qonun prezident Vladimir Putin tomonidan imzolandi.
O‘zbekistonda gazsiz qolgan 14 ming iste’molchi, qorli Toshkent, yil boshidan buyon eksport qilingan 4 mlrd kubometr gaz, Chinozda is gazidan vafot etgan oila, talabalar uchun 15 kunlik qishki ta’til, Nukus voqealari tafsilotlari, sovuq ob-havo va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
2023 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiyaga ta’sirni cheklash bo‘yicha talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi joriy etiladi. 2024 yildan esa quvvati 1 MVtdan yuqori quyosh va shamol elektr stansiyalarida energiyani saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.
FFV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi Xo‘jakent tog‘larida 1700 metr balandlikda ahvoli yomonlashib qolgan sayyohga yordam ko‘rsatdi.
10 oy davomida O‘zbekiston 841 mln dollarga 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi. Bu mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarishning deyarli o‘ndan bir qismidir. Gazning deyarli butun hajmi Xitoyga yuboriladi, ammo ikki mamlakat statistikasi bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti.
29-noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi kafelarning birida mast holatda bo‘lgan ikki kishi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Oqibatda ulardan biri oradan bir kun o‘tib olgan tan jarohati sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zgidromet 6−8 dekabr kunlari yog‘ingarchilik hamda o‘zgaruvchan ob-havo sababli respublikaning 6 ta viloyatidagi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi borligini e’lon qildi.
IIV YHXX boshlig‘i Olim Saidov “Gazeta.uz"ga hududlarda ruxsat etilgan harakatlanish tezligini pasaytirish masalasi dekabr oyida uzil-kesil hal bo‘lishini ma’lum qildi. Mamlakatning barcha hududlarida tezlikni pasaytirish bo‘yicha kengashlar qarorlari Respublika komissiyasiga taqdim etildi.
4 dekabrda havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi ortidan 14 ming iste’molchi gazsiz qoldi, 516 ta mahallada esa gaz bosimining pasayishi kuzatildi. «Hududgazta’minot» aholini gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqayotganda isitish moslamalari haroratini pasaytirishni iltimos qildi.
Toshkent viloyati Chinoz tumanida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi. Xonadon bir kun avval qarzdorlik sabab gazdan uzilgan, biroq uy egasi o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Endilikda Toshkent shahri aholisi maxsus veb-sayt orqali geografik obyektlarni nomlash va ularni o‘zgartirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishi mumkin. Hozirda sayt yer usti metro liniyasidagi bekatlarga nom berish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda.
Dushanba kuni Nukus voqealari bo‘yicha sud o‘z ishini davom ettirmoqda. Oliy sud xabariga ko‘ra, sud ishining 6-kunida 1−2 iyuldagi voqealar oqibatida jabrlanganlar, qolaversa, fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda.
Samarqand aeroportida dushanba kuni soat 13:00 ga qadar ob-havoning yomonlashuvi munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va qo‘yib yuborishga cheklov joriy etildi.
Bugungi kunda Semurg Insurance kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga bog‘ va uzumzorlarni sug‘urtalashning o‘ziga xos dasturini taklif qilib, xalqaro sug‘urta amaliyotini joriy etmoqda.
Seshanba kunidan O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi to‘xtaydi, ammo sovuq ob-havo butun hafta davomida saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja, kechasi −3…−8, shimolda ba’zi joylarda −20 darajagacha bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.
Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuvining yakuniy qismi va so‘roq vaqtida Nukusda tazyiqqa uchragani, Urganchda esa qiynoqqa solinmagani, tanqid «uning yo‘nalishi» ekani hamda O‘zbekiston uchun yuragi og‘riyotganini aytdi.
Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 2022 yilning 26 dekabridan 2023 yilning 9 yanvariga qadar qishki ta’til beriladi. Mazkur belgilangan tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
O‘zbekistonda 4 dekabr, yakshanba kuni rasman 153 kishi (shanba kuni — 162 kishi)da koronavirus aniqlandi. Eng ko‘p bemorlar, doimgidek, poytaxtda qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting