Poytaxtdagi Escada lounge bar yangi yil shousi reklamasi aks etgan videoni e’lon qildi. Unda yigit shou kunlariga mos ravishda yetti nafar qizning ketiga va oyoqlariga zarba berganini ko‘rish mumkin. Toshkentda yashovchi ayol reklama bo‘yicha IIOga ariza kiritdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, AZAL samolyoti “Rossiya tomonidan urib tushirilgan” deb “aniq aytish mumkin”. U Rossiya tomonini “masalani bostirishga” urinishda aybladi. Rossiya aybini tan olishi va Ozarbayjon hamda jabrlanganlarga tovon to‘lashi kerak, dedi u.
Hafta boshi bulutli va yog‘inli, o‘rtalari quruq va sovuqroq bo‘lishi, oxirida esa ba’zi viloyatlar va tog‘larda qor yog‘ishi kutilyapti. Yangi yil arafasi havo iliqroq bo‘lsa-da, 2025-yilning ilk uch kunida haroratning biroz pasayishi kuzatiladi. Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda.
Oliy ta’lim vazirligi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan 4 foizlik yig‘im undirish to‘g‘risidagi oliy ta’lim kengashi bayoni majburiy kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik “Har qanday mablag‘ bilan bog‘liq harakatlar va munosabatlar tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Muandagi aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchiga hamdardlik bildirdi. Bortdagi 181 kishidan faqat ikki nafari omon qoldi.
Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 kishi o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi spirtli ichimlikda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lganini ma’lum qildi.
Jeju Air samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Koreya Respublikasining janubi-g‘arbiy qismidagi Muan aeroportida to‘siqqa urildi. Samolyot bortida 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Faqat 2 kishi omon qoldi.
Buka Gym o‘z sport zalida bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani aks etgan video uchun uzr so‘radi. Kompaniya video suratga olinganidan bexabar ekanini ma’lum qildi. Barcha mas’ul shaxslar bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Ekologiya vazirligi holatni o‘rganmoqda.
Adliya vazirligida tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunda tergov harakatlari sohaga oid ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
“Dok-1 Maks” ishi sabab 68 bola halok bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum-u, omon qolgan 20 dan ziyod bola taqdiri ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ularning davolanishi uchun sud hukmida belgilangan kompensatsiya imkon qadar tezroq to‘lab berilishi kerak. “Gazeta.uz” jabrlanuvchi 23 bolaning hikoyasini havola qiladi.
MB ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida dollarning so‘mga nisbatan kursi qariyb 582 so‘mga (+4,71 foiz) mustahkamlandi. Milliy valyutaning devalvatsiya sur’ati 2023-yilga nisbatan pastroq bo‘ldi. Dollarning o‘rtacha yillik kursi prognozdan biroz yuqori shakllangan.
Eriell kompaniyasi xodimlari ish haqlari kechikayotgani bo‘yicha O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘lladi. Ular avgust, sentabr, oktabr va noyabr oylari uchun maosh olmaganini aytmoqda.
Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan “Fojiali hodisa (samolyotning qulashi) Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani munosabati bilan” uzr so‘radi. Kreml bu vaqtda Rossiyaning havo hujumidan mudofaa vositalari ish olib borganini tan oldi.
Internetda bokschi Shahram G‘iyosov Buka Gym sport zalida ayiq bilan jang qilib, uni chalqanchasiga yiqitgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda sportchining harakatlari qoralandi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati IIV va Ekologiya vazirligiga murojaat qildi.
Madaniyat vazirligi xorijda konsert qo‘yayotgan o‘zbekistonliklarni hamkorlikka chaqiryapti. Vazir Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, “biz O‘zbekistonning imidjini tiklashga harakat qilayotganimizda, kimdir borib uni sindirishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz”. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu senzura yo taqiq emas.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2003-yildan beri taqiqda bo‘lgan “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston 2025-yilni qor bilan kutib oladimi? O‘zi bizda qaysi yillar qor bilan kuzatilgan? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun bayramoldi ob-havo sharhini tayyorladi hamda Yangi yil bayrami qachon qor bilan o‘tganini Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Urganch shaharlari misolida ko‘rsatib berdi.
Kurka go‘shti, sabzavotli baliq, ananasli tovuq, forel balig‘idan steyk va Yangi yil bayrami dasturxoni uchun boshqa issiq taomlar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi bilan tanishdi. U 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan ko‘chatxonani ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari vazirliklar vaqtinchalik ishlashi uchun mo‘ljallangan yengil konstruksiyali binolar bilan ham tanishdi.
Afg‘onistonning Balx viloyatiga “Salomatlik” poyezdida borgan o‘zbekistonlik shifokorlar uch kun davomida 1300 dan ortiq aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting