2021-yilda Ombudsman ofisiga 18,7 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi
7 aprel 2022, 13:11

2021-yilda Ombudsman ofisiga 18,7 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisiga 2021-yilda 18,7 mingdan ko‘proq murojaat kelib tushdi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga (14,9 ming) qaraganda oshgan. Shundan 11257 tasi ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olingan. Murojaatlarning asosiy qismini mulkka bo‘lgan va mehnat huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy imtiyoz va nafaqalar olish kabi masalalar tashkil etgan.

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB
7 aprel 2022, 12:50

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB

OTB prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi sekinlashib, 4% ni tashkil etishi kutilmoqda. O‘sish sur’atining sekinlashishi mamlakatda xususiy iste’molning qisqarishi va natijada sanoat hamda xizmatlar sohasi kengayishining cheklanishi bilan izohlangan. Bank mamlakatga «yashil o‘sish» va xususiy sektorning rivojlanishi yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan.

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi
7 aprel 2022, 12:24

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga saylandi. U mazkur lavozimda Gulnara Bazarbayevaning o‘rnini egalladi.

Andijonda bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi hibsga olindi
7 aprel 2022, 12:11

Andijonda bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi hibsga olindi

«Andijon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi qo‘lga olindi, ular post orqali 5,5 mlrd so‘mlik yukni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga yordam bermoqchi bo‘lgan.

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi
7 aprel 2022, 10:54

OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo (111 km) va Buxoro (87 km) viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 273,8 mln dollar miqdorida qarz mablag‘larini ajratmoqda.

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi
7 aprel 2022, 10:29

AQSh, Buyuk Britaniya va G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar e’lon qildi

6 aprel kuni AQSh, Buyuk Britaniya hamda «Katta yettilik» mamlakatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Sberbank» va Alfa-bank aktivlari muzlatiladi, Rossiyaga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Dmitriy Medvedev, Vladimir Putinning qizlari, Sergey Lavrovning turmush o‘rtog‘i va qizi ham sanksiyaga tushgan. Batafsil «Gazeta.uz» materialida.

Bobir Islamov bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
7 aprel 2022, 10:26

Bobir Islamov bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Prezident qarori bilan yangi tashkil etilgan bosh vazir maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimiga Bobir Islamov tayinlandi. U 2017 yildan beri qo‘mita raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zMU «Matematika» fani bo‘yicha dunyoning Top-500 ta universiteti reytingiga kirdi
7 aprel 2022, 09:50

O‘zMU «Matematika» fani bo‘yicha dunyoning Top-500 ta universiteti reytingiga kirdi

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi 2022 yil uchun «Fan bo‘yicha reytingi» natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Matematika» fani sohasida erishgan natijalari bilan O‘zbekiston milliy universiteti dunyoning kuchli 500 ta universiteti qatoridan joy oldi. Shuningdek, turli yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning Top-5 ta universiteti e’lon qilindi.

Qozog‘iston chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni bekor qiladi
7 aprel 2022, 09:25

Qozog‘iston chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni bekor qiladi

11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida chegarani kesib o‘tish cheklovlarini bekor qiladi. Manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish talabi saqlanib qolmoqda.

6 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 aprel 2022, 22:00

6 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatgani, 30 aprelgacha yopilgan «G‘alaba bog‘i», deputatlik maqomi tugatilgan Murod Nazarov, fevralda eng ko‘p oltin sotgan O‘zbekiston, ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berilgani, dorilarni markirovkalash 1 sentabrdan boshlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 6 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda
6 aprel 2022, 18:14

Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,51 so‘mga pasayib, 11 370,56 so‘mni tashkil qildi. Shunindek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Zangiota tuman hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi
6 aprel 2022, 17:35

Zangiota tuman hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi yordamchisi va kadastr bo‘limining sobiq xodimi 1000 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ular tadbirkorga turar-joy binosi qurish uchun ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.

12 — 15 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik darslari bo‘lib o‘tadi
6 aprel 2022, 17:15

12 — 15 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik darslari bo‘lib o‘tadi

«Global Money Week-2022» doirasida Markaziy bank tomonidan 12−15 aprel kunlari yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilinadi. Mahorat darslari har bir viloyatning «Yoshlar markaz"larida o‘tkaziladi. Darslarda qatnashuvchilarga pul bilan to‘g‘ri munosabatlar haqida bilim va ko‘nikmalar berilishi aytildi.

OAV: O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatdi
6 aprel 2022, 17:02

OAV: O‘zbekiston sanksiyalar tufayli Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatdi

UzAuto Motors sanksiyalar rejimiga amal qilish doirasida Rossiyaga avtomobil sotishni to‘xtatdi, deb xabar berdi Eurasianet.

O‘zbekiston fevral oyida dunyodagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
6 aprel 2022, 16:07

O‘zbekiston fevral oyida dunyodagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

Butunjahon oltin kengashining oylik hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston fevral oyida 22 tonna oltin sotgan holda dunyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. 1 mart holatida O‘zbekistonning oltin zaxiralari 339 tonna yoki 20,72 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

8−11 aprel kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet
6 aprel 2022, 16:00

8−11 aprel kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Haftaning payshanba kunidan boshlab respublikaning turli hududlarida shamol tezligi oshib, 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang to‘zoni ham bo‘lishi mumkin. Kuchli shamol 11 aprelgaa davom etishi taxmin qilinyapti.

Vladimir Jirinovskiy vafot etdi
6 aprel 2022, 15:57

Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Rossiyalik taniqli siyosatchi, Rossiya Liberal-demokratik partiyasining doimiy rahbari Vladimir Jirinovskiy vafot etdi.

Korrupsiyaviy jinoyatlarning uchdan birini sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari sodir etgan — Senat raisi
6 aprel 2022, 15:28

Korrupsiyaviy jinoyatlarning uchdan birini sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari sodir etgan — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayeva korrupsiyaviy jinoyatlarning har uchtadan bittasi sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari tomonidan sodir etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri poraxo‘rlik emas, balki firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlari ko‘paygani aytildi.

O‘zbekistonliklar qaysi avtomashina brendi bilan ko‘proq qiziqishadi?
6 aprel 2022, 14:48

O‘zbekistonliklar qaysi avtomashina brendi bilan ko‘proq qiziqishadi?

Google trends ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar oxirgi bir yil ichida asosan Hyundai va Kia avtobrendlari haqida ma’lumot izlashgan. BMW`ga asosan Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchilar qiziqsa-da, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ham ushbu brendga qiziqish katta.

ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berildi
6 aprel 2022, 13:54

ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2023-yilga qadar O‘zbekiston tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishning vaqtinchalik mexanizmlarini joriy qilish vakolati berildi. Qolaversa, “O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport"dagi davlat ulushi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga berildi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 ming dollargacha kreditlar ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting