Prezident farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, hayotga, sog‘liqqa qarshi, giyohvandlik va boshqa jinoyatlarni qasddan sodir etganlar bola asrab olishi mumkin emas deb belgilanmoqda. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan va jazo muddatini o‘taganlarga esa farzand asrab olishga ruxsat beriladi. Qolaversa, farzandlikka oluvchi va olinuvchi yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga rahbar etib tayinlandi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonnning barcha hududlarida quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘ladi. Kechasi -2 darajagacha sovuq, kunduzi 18 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning rasman qayd etilgan soni 1300 ga yetdi, xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Senatorlar yil oxirigacha go‘sht mahsulotlari, muzlatilgan baliq, tirik hayvonlar va kartoshka importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq imtiyozlari ortidan budjet 250 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni yo‘qotadi.
ADM Jizzakh zavodining qiymati 216 mln dollarlik ikkinchi bosqichi loyihasi doirasida avtomobillarni kichik uzelli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘iladigan zavod faoliyati bilan tanishdi.
Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.
Lukashenkoning Belarus konstitutsiyasi avtoritar xarakterga egaligini ta’kidlagani, Janubiy Koreya o‘zining ilk kosmik raketasini fazoga uchirgani, Latviyada 15 noyabrgacha lokdaun joriy qilingani, Donald Tramp o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini yaratayotgani, Turk lirasi rekord darajada qadrsizlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Oybek Barakabayev va Doniyorjon Tojiboyev o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.
2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.
Qashqadaryoda 2012 yilda Nexia-2 haydovchisini o‘ldirib, dalaga ko‘mib yuborgan shaxslar jinoyati fosh etildi.
Farg‘ona viloyati hokimligi Xo‘ja Porso jome masjidini buzib qayta qurish uchun mas’ul idoralar xulosasi olinganini ma’lum qildi. Madaniy meros agentligi esa loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilganini qayd etdi. Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining a’zosi (umumiy 92-a’zosi) bo‘ldi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 692 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida qoldirdi. Ushbu qaror yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10 foizgacha pasaytirish va kelgusida 5 foizlik inflyatsion targetga erishish maqsadida qabul qilindi. Bu yilgi inflyatsiyaning o‘zgarishiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.
«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi toshkentlik saylovchilar uchrashuvda g‘alabadan umidvor emasligini, biroq, odamlar albatta o‘zgarishini ta’kidladi. «Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi? Afsus bilan aytish kerak, agar odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa menga ovoz bermaydi», — dedi Alisher Qodirov. U saylov kampaniyasi boshida prezident saylovlarida g‘alaba qozonish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Senatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Senatorlar kollej va OTMlarda bolalarni o‘qitish uchun kitoblab sotib olishga subsidiyalar haligacha ajratilmaganini qayd etdilar. Ularning fikricha, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni yangilash zarur.
Toliblar 150 ga yaqin jangchilarini tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun tayyorgarlikdan o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, ular Taxor aholisining xavfsizligini ham ta’minlashadi. «Biz harakat a’zolaridan va sobiq hukumat armiyasi harbiylaridan tashkil topgan muntazam armiya tuzmoqdamiz va boshqa davlatning bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi «Tolibon» bo‘linmalarining Mozori Sharif shahridagi qo‘mondoni Mavlavi Ataulla Omariy.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting