Abdulla Aripov va Rustam Minnixanov «Chirchiq» texnoparki ochilishida ishtirok etishdi
23 mart 2022, 15:22

Abdulla Aripov va Rustam Minnixanov «Chirchiq» texnoparki ochilishida ishtirok etishdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimida qatnashishdi. Texnopark Qozondagi «Ximgrad» texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

22 mart kuni O‘zbekistonda 7 kishida koronavirus aniqlandi
23 mart 2022, 10:20

22 mart kuni O‘zbekistonda 7 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 22 mart kuni 7 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi. Bu 2020 yil aprel oyidan beri eng past ko‘rsatkich. Yangi bemorlar Namangan viloyati va Toshkent shahrida aniqlangan.

O‘zbekiston xalqaro yuklarni Aqtau dengiz porti orqali tashishi mumkin bo‘ladi
23 mart 2022, 10:07

O‘zbekiston xalqaro yuklarni Aqtau dengiz porti orqali tashishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston kompaniyalari Aqtau dengiz porti orqali xalqaro yuklarni yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarga yuborishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova vafot etdi
22 mart 2022, 19:27

O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova vafot etdi

Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 82 yoshida vafot etdi.

Aleksey Navalniyga 9 yillik qamoq jazosi belgilandi
22 mart 2022, 18:11

Aleksey Navalniyga 9 yillik qamoq jazosi belgilandi

Moskvaning Lefortovo sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyni «firibgarlik» va «sudni haqoratlash»da aybdor deb topdi va uni 9 yilga og‘ir rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Siyosatchi 1,2 mln rubl miqdorda jarima ham to‘laydi.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
22 mart 2022, 13:17

Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz inklyuziv turizmni rivojlantirish va nogironlarning harakatlanigi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida ish olib boradi.

Qo‘qondagi xonadonda vafot etgan 5 kishi is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda
22 mart 2022, 12:43

Qo‘qondagi xonadonda vafot etgan 5 kishi is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda

Navro‘z kuni Qo‘qon shahridagi masjid imom-xatibi va uning to‘rt nafar oila a’zolari noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida vafot etgan. Mutaxassislar buni is gazidan zaharlanish, deya taxmin qilmoqda.

Rossiyada Facebook va Instagram taqiqlandi, Meta ekstremistik tashkilot deb e’lon qilindi
22 mart 2022, 12:12

Rossiyada Facebook va Instagram taqiqlandi, Meta ekstremistik tashkilot deb e’lon qilindi

Moskva sudi qarori bilan Meta kompaniyasi ekstremistik tashkilot deb tan olindi, Facebook va Instagram Rossiyada taqiqlandi. Endilikda rossiyaliklar ushbu ijtimoiy tarmoqlarda reklama sotib olishsa, bu ekstremistik tashkilotni moliyalashtirish deb qaralishi mumkin. WhatsApp messenjeriga taqiq qo‘yilmadi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston orqali 6 ta «inomarka»ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 mart 2022, 11:28

Qozog‘istonda O‘zbekiston orqali 6 ta «inomarka»ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Qozog‘istonda O‘zbekiston hududi orqali 1,6 mlrd so‘mlik 6 ta «inomarka"larni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi. Mashinalarning tegishli hujjati bo‘lmaganligi aytildi. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi mashinalar Tojikistondan olib kirilganligi va mamlakat hududidan o‘tayotganda barcha hujjatlarga ega bo‘lganligini ta’kidladi.

BMT Ukrainada 925 nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi
22 mart 2022, 10:14

BMT Ukrainada 925 nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

24 fevraldan 20 martgacha Ukrainadagi urushda 925 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 1496 nafari yaralandi. Bu BMT tasdiqlagan raqamlar, biroq haqiqiy raqam bundan ham yuqori. 10 mln ukrainaliklar yoki butun mamlakat aholisining to‘rtdan biri uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning 3,5 mlnga yaqini mamlakatdan chiqib ketgan.

Kreml yana O‘zbekiston tomoni «tushunish bildirganini» ta’kidladi
21 mart 2022, 22:36

Kreml yana O‘zbekiston tomoni «tushunish bildirganini» ta’kidladi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan tabriklar almashishdi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Kreml yana bir marotaba Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning «pozitsiyasi va harakatlari haqida tushunish bilan fikr bildirganini» ma’lum qildi.

Xitoy janubida yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi
21 mart 2022, 22:00

Xitoy janubida yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Bortida 132 kishi bo‘lgan Boeing-737−800 Xitoy janubida qulab tushdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Ikki oyda tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi
21 mart 2022, 14:36

Ikki oyda tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,01 mlrd dollar yoki deyarli 85 foizga ko‘proq. Eksport hajmi 4,1 mlrdga yetgan, bunda oltin eksportining ulushi 57,7 foizni tashkil etgan. Import hajmi esa 4,6 mlrd dollarni tashkil qilgan, avtomobillar importi 7,1 barobarga ko‘paygan.

Samarqandda bolalarga igna tiqib kelgan bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
20 mart 2022, 14:33

Samarqandda bolalarga igna tiqib kelgan bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand shahridagi «Golden Kids» xususiy bog‘chasida bolalarga igna tiqib, ularni qo‘rqitib kelgan tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi holatni o‘rganmoqda.

Umra ziyoratini tashkillashtirish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin
20 mart 2022, 11:27

Umra ziyoratini tashkillashtirish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin

Musulmonlar idorasi Umra ziyoratini qisman sayyohlik firmalari orqali tashkillashtirish masalasi muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Ramazon oyidan keyin Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari amaldagi qiymatda saqlab qolinishi aytildi.

Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev David Segarrani nokautga uchratdi
20 mart 2022, 10:18

Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev David Segarrani nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev perulik David Segarra ustidan g‘alaba qozondi. Ikkinchi raundda Meliqo‘ziyevning aniq zarbasi raqibini nokautga uchratdi (video).

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 11 pog‘ona pastladi
20 mart 2022, 09:37

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 11 pog‘ona pastladi

2022-yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 11 pog‘ona pastlab, 53 o‘rinni egalladi. Natijada Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingdagi yetakchilik 40 o‘rinni qayd etgan Qozog‘istonga o‘tdi.

Prezident 75 nafar shaxsni afv etdi
19 mart 2022, 20:33

Prezident 75 nafar shaxsni afv etdi

Navro‘z arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 75 nafar shaxsni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Ular orasida 18 nafar chet el fuqarolari, 17 nafar ayollar, 6 nafar nogironlar bor.

Navro‘z arafasida viloyatlarga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
19 mart 2022, 18:13

Navro‘z arafasida viloyatlarga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami arafasida amaldagi shaharlararo avtobus qatnovlariga qo‘shimcha ravishda kuniga yana 10 dan ortiq qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi noqonuniy taksichilarga to‘g‘ri kelib qolmaslik uchun chiptalarni «Toshkent» avtovokzalidan xarid qilishni so‘ramoqda.

Alisher Navoiy shoh va Labzak ko‘chalarining ayrim qismlari vaqtincha yopiladi
19 mart 2022, 17:42

Alisher Navoiy shoh va Labzak ko‘chalarining ayrim qismlari vaqtincha yopiladi

Yo‘l ta’mirlanishi tufayli shanba kuni soat 21:00 dan yakshanba kuni soat 06:00 ga qadar Alisher Navoiy shoh ko‘chasining Abay va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidagi hududi vaqtincha yopiladi. Shuningdek, Labzak ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida harakat to‘xtatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting