Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat, jumladan, Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida, transport va tranzit hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Ommaviy muhokamasi ertaga yakunlanadigan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar loyihasida ziddiyatlar va takrorlanishlarni uchratish mumkin. O‘z navbatida, unda hokimiyat tarmoqlarining haqqoniy bo‘linishi va reprezentativ demokratiyaning mustahkamlanishi bo‘yicha o‘zgartirishlar yetishmaydi. Komil Jalilov maqolasi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.
Andijon viloyati hokimi prezident qarori bandlari ko‘chirilgan hujjatni imzoladi, buning oqibatida u bir qancha vazirlar va Toshkent shahar hokimiga topshiriq bergandek tasavvur uyg‘otdi. Viloyat adliya boshqarmasi bu qanday sodir bo‘lgani va hujjat nega huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganini tushuntirdi.
14−15 iyul kunlari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi va Samarqandga boradi.
O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxatini imzoladi. Unda bojxona hamkorligi, sanitariya va fitosanitariya standartlari, yuk tashishni raqamlashtirish va boshqa sohalardagi yondashuvlarni bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
Tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Moskvada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida «Tolibon» harakati delegatsiyasi 25−26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishini ma’lum qildi.
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tomonidan 40 ta davlat bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Hujjat Nyu-Yorkda Abdulaziz Kamilov tomonidan taqdim etildi.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlarni Rossiya va Belarusga sanksiyaga tushgan tovarlar yetkazilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.
Xalq bilan muloqot qilinganda Nukus voqeasining oldini olish mumkin edi, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda yongan olovni o‘chirdi, namoyishlarda jabrlanganlarga yordam beriladi, O‘zbekiston tarixida o‘sha kunlar o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi — «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida qanday fikrlar bildirildi?
Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, yil oxirigacha Qoraqalpog‘istonda uzoq masofadagi 34 mahallada tibbiyot punktlari tashkil etiladi. Respublikada 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi quriladi, Nukusda og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan xospis tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito va bosh vaziri Fumio Kisidaga mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafoti munosabati bilan hamdarlik bildirdi. Abega 8 iyul kuni Nara shahridagi chiqishi vaqtida suiqasd qilinib, keyinroq u shifoxonada vafot etdi.
Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Qoraqalpog‘istondagi fojeali voqealar barcha muammolar xalq bilan muloqotda, o‘z vaqtida hal etilishi zarurligini ko‘rsatdi, dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva. U bunday holatlarning oldini olishda xalq vakillari mas’ul ekanini va ularning ishini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, o‘g‘itlash, sug‘orish, suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Shuningdek, xususiy urug‘chilik klasterlari tashkil etiladi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar masalalari muhokama qilingan.
Prezident loyihalash va qurilish sohasida yangi tizimni e’lon qildi. Hududlarning bosh va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika kengashi tuzilmoqda. Ular 3 bosqichda tashkil qilinadi. Bosh arxitektor lavozimi joriy etildi, shaharsozlik qoidalaridan 147 ta norma va boshqalar chiqarib tashlanmoqda.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni dastlabki imzolash marosimi o‘tkazildi. Ushbu hujjat 1996 yilda qabul qilingan bitimning o‘rnini egallashi va tomonlarning hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting