Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1 va 2-noyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif dasturidan iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport infratuzilmasi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qilish o‘rin olgan.
Senatning 46-yalpi majlisi 27-oktabr kuni o‘tkaziladi. Unda “Probatsiya to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchi sifatida ishlagan.
O‘zbekiston World Justice Project`ning qonun ustuvorligi bo‘yicha yillik reytingida 142 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, mamlakat huquq tizimidagi eng yomon holat davlat vakolatlarini cheklash va hokimiyatning ochiq emasligi bilan bog‘liq.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 25−26-oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan SHHT, MDH va YeOII hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadi.
AQSh “Ikki xalq uchun ikki davlat” rejasiga muvofiq Yaqin Sharqda tinchlikka erishish tarafdori, dedi Samarqandga kelgan USAID rahbari Samanta Pauer. U, shuningdek, AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi poymol etilishini qoralash bo‘yicha chaqiriqlaridan ajablanmaslik kerakligini ta’kidladi.
2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi, u 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.
USAID administratori Samanta Pauer Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini “yangi umid va imkoniyatlar dunyosi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidentining “ushbu muhim mintaqa mamlakatlari va xalqlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish” iltimosiga binoan kelgan.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqalararo siyosiy muloqot, savdo, energetika va xavfsizlik kabi sohalarda aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi. Tomonlar, shuningdek, sanksiyalardan qochishga qarshi kurashda hamkorlik qilishga kelishib oldi.
USAID rahbari Samanta Pauer Markaziy Osiyo mamlakatlariga savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun 14,3 mln dollar ajratilishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, “OAVni qo‘llab-quvvatlash ham demokratik, ham iqtisodiy islohotdir”.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Oybek Hamrayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
USAID administratori Samanta Pauer boshchiligida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh delegatsiyalari iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. “Biz AQShning mintaqaning yanada rivojlanishiga qiziqishini olqishlaymiz”, — dedi O‘zbekiston investitsiyalar vaziri.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Markaziy Osiyo davlatlarining TIV rahbarlari bilan uchrashuv arafasida “Gazeta.uz” muxbiri savollariga javob berar ekan, Yevroittifoq mintaqa barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlashga uning davlatlari bilan hamkorlik orqali hissa qo‘shishni istashini bildirdi.
USAID rahbari Samanta Pauerni Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. U so‘nggi yillarda mamlakatda o‘tgan yillardagidan ko‘ra ko‘proq islohotlar amalga oshirilganini ta’kidlab, iqtisodiy islohotlar siyosiy islohotlar bilan birga olib borilayotgani muhimligini ta’kidladi.
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga MI-8MTV harbiy vertolyotini sovg‘a qilgan. Qirg‘iziston yana bir shunday samolyotni ta’mirlash uchun O‘zbekistonga yuborgan. Mudofaa vazirligi ta’mirlash ishlarini to‘liq o‘z zimmasiga olgan va hozirda ta’mirdan chiqqan vertolyotni Qirg‘izistonga qaytardi.
O‘zbekistonning Italiyadigi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri uning besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Navoyi viloyati hokimi o‘rinbosari Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umidjon Adizov Xatirchi tumaniga hokimi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting