Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida"gi qonun, ikkita xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilish masalasi va qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, 2021-yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat hisoboti eshitiladi.
Surxondaryo viloyatining Denov va Qiziriq tumanlari hamda Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.
Hafta yakunida Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyga boradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni o‘tkazilgan majlisda mahallalarda hayot qaynashi kerak, deya ta’kidladi. Har bir mahallada, sport maydonchalari, do‘kon, kutubxona va ovqatlanish joyidan tashqari, hammom ham barpo etish kerak, dedi prezident. Bolalar hammomga sport mashg‘ulotlaridan keyin borishlari mumkin, erkak va ayollar uchun bu joy haftaning har xil kunlarida xizmat ko‘rsatadi.
2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022 yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln so‘m va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.
Prezident mahalla va maktablarda sport maskanlari hamda kutubxonalar barpo etish bo‘yicha 3 xil tipdagi loyihani rad etdi. Shavkat Mirziyoyev mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasini qo‘ydi — tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va buning evaziga ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi.
Prezident qarori bilan 1 maydan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish bo‘yicha «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimi joriy etiladi. Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarga oid ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.
Prezident seshanba kuni kuzatilgan energotizimdagi nosozlik haqida fikr bildirar ekan, aynan nimadan ko‘proq qo‘rqqanini ma’lum qildi. «Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim. 1982 yo 1983 yil Sirdaryoda oltita stansiya ham yonib ketgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, u tizimdagi rahbarlarga har daqiqada aholini vaziyatdan xabardor qilish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.
Prezident tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuzilishini ma’lum qildi. «Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, bugundan «hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi» boshlangani e’lon qilindi.
Prezident farmoni bilan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2026 yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi. Qolaversa, 2023 yildan QQS 12 foizgacha tushiriladi.
Prezident juma kungi videoselektorda maktab ta’limi tizimidagi kamchilik va muammolarni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1,5 mingdan ortiq maktab mukammal ta’mirga muhtoj, hanuzgacha paxsadan qurilgan 179 ta maktab mavjud. «Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qaraganda yo‘llardagi avariyalar oqibati odamlar ko‘proq vafot etayotganini ta’kidladi. «Nimaga kuyib-pishmaymiz? Nimaga o‘lim ko‘payyapti?», — deb so‘radi u. Prezident haydovchilarni o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Darsga bormasdan guvohnomani olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?», — dedi u.
Prezident seshanba kuni energotizimda yuzaga kelgan nosozliklarga munosabat bildirib, uzoq hududlardagi texnogen ofatlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligini ta’kidladi. «Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, barcha soha va idoralar xodimlari, OAV va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari ishtirokidagi videoanjumanda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev tadbirda yangi iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqishni, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘lini qurishni joriy yildanoq boshlash g‘oyasini ilgari surdi. Davlat rahbari 2023 yilni «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Shveysariyaning Helvetas Swiss Intercooperation mustaqil tashkiloti Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tib, O‘zbekistonda o‘zining filialini ochdi. Tashkilot allaqachon, 4,8 mln franklik loyihani amalga oshirishni boshlab yuborgan.
25 yanvar kuni «Markaziy Osiyo davlatlari — Xitoy» onlayn sammiti bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Babur Shayakubov Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Shavkatbek Mamajonovning o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan 18 nafar o‘zbekistonlikka huquqiy tushuncha berdi. Ular orasida ilk bor qo‘shni davlatga borganlar ogohlantirilgan, ko‘pdan beri ishlayotganlari esa jarimaga tortilgan.
Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksionda sotish yo‘li bilan 400 mlrd so‘mlik tushumni ta’minlash rejasi mutlaqo qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Prezident Toshkent viloyatida 14 gektar yer 3,5 mln dollarga sotilganini ma’lum qildi. «Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?» — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting