Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini 62 foizdan 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2026-yilga kelib esa 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda. Buning uchun esa 7 mingdan ortiq nodavlat muassasalarni qurish, 160 mingdan ko‘proq kadrlar malakasini oshirish maqsad qilingan.
Prezident qarori bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi 1-dekabrgacha jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari va OAV vakillarini jalb etgan holda Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, barcha hokimlarning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosalariga ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari ham yuklatiladi.
YHXBB rahbari Olim Saidov hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Berdialiyev va uning o‘rinbosari Davron Azizov vazirlikning bir qancha bo‘linmalarini birlashtirgan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan edi.
Ekopartiya raisi Narzullo Oblomurodovning nomzodi quyi palata deputatlari tomonidan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga ma’qullandi. Qo‘mitaning oldingi rahbari prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.
Tashqi ishlar vazirinig birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlandi. O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov esa o‘rindoshlik asosida mamlakatning Gretsiyadagi elchisi bo‘ldi.
Prezident qarori bilan Aktam Muxammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatlarga ega xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanishi, YATTlarning ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga kamaytirilishi, 15 turdagi ma’lumot va hujjat aholidan talab qilinmasligi, chek bermasdan tovar sotganlar haqida xabar berganlarning mukofotlanishi, tugallanmagan qurilishni moliyalashtirish to‘xtatilishi, avtomobilni notarius tasdig‘isiz ijaraga berish mumkinligi va metro poyezdlari harakatini ko‘rsatuvchi mobil ilova ishga tushirilishi va boshqalar — 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi. O‘zbekiston prezidenti mazkur tashrif davomida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Latviya, Vengriya, Fransiya va Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Qolaversa, uchrashuvda davlat rahbari O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishini aytib o‘tdi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uchta tumani hokimlarini jarimaga tortdi. Tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi reytingidan kelib chiqib, uch nafar hokimga esa ustama belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda mamlakat Konstitutsiyasining yangi loyihasi tayyorlanishini ma’lum qildi. Yangi konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik masalasi aks ettirilib, ekologiyaga oid maxsus bob kiritiladi. «Gazeta.uz» AQSh, Fransiya, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari konstitutsiyalariga kiritilgan eng muhim o‘zgarishlar haqida maqola tayyorladi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy forumda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yetakchi ayollari Muloqotiga raisligi yakunlari sarhisob qilindi. 2022 yilda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotiga Turkmaniston raislik qiladigan bo‘ldi.
«O‘zsuvta’minot» Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayevning Xovos tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish jarayonida OTBning 7 mln dollar talon-toroj qilingani haqidagi bayonotini rad etdi. Ta’kidlanishicha, mablag‘larning 6,2 mln dollari Jahon bankiga, 1 mln dollari esa O‘zbekistonga tegishli hamda «ushbu mablag‘lar talon-taroj qilinmagan».
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahrida faollar bilan uchrashuvda Toshkent viloyatidagi kadrlar muammosi haqida gapirdi. «Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman», — dedi u. Toshkent viloyatida so‘nggi 6 yilda yettinchi hokim lavozimga tayinlandi.
Bir kunda O‘zbekistonning uchta viloyatida sakkizta tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevdan yer munosabatlari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun yirik amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qildi. «Katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, men sizni xurmat qilishni boshlayman», — dedi davlat rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting