Siyosat

Halimjon Safarov Buxoro tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
8 avgust 2023, 11:42

Halimjon Safarov Buxoro tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Halimjon Safarov prezident tanqididan so‘ng ishdan olingan Xayrillo Jo‘rayevning o‘rniga Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Botir Ahmedov esa Buxoro viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l hokimi v. b. bo‘ldi
7 avgust 2023, 21:44

Vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l hokimi v. b. bo‘ldi

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l shahar hokimi v. b. bo‘ldi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev energiya ta’minoti va chiqindilarni olib chiqib ketish shaharning asosiy muammolari ekanini aytib, shaharni tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli aksiya tashkil etishga va’da berdi.

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi
7 avgust 2023, 20:46

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi

Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 18:58

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

“Qishloq qurilish bank"da departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumaniga hokim bo‘ldi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev avvalgi tuman hokimini nima sababdan ishdan bo‘shatganiga izoh berdi.

Xovos tumaniga hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 17:39

Xovos tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga Ulug‘bek Yo‘ldoshev hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
7 avgust 2023, 15:58

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Ilhom Norqulov iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Ahadbek Haydarov, Abdulaziz Haydarov, Otabek Fozilkarimov, Bobur Xodjayev va Jasur Qarshiboyevlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili bo‘ldi
4 avgust 2023, 17:16

Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili bo‘ldi

Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakil sifatida ishlab kelayotgandi.

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
4 avgust 2023, 14:04

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Chiroqchi tumaniga Fayzulla Yusupov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi
4 avgust 2023, 09:02

Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumaniga Fayzullo G‘ulomov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Agrosanoat inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
3 avgust 2023, 23:57

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Xabib Sirojitdinov yaqinda prezident tomonidan ishdan bo‘shatilgan Avaz O‘rinboyev o‘rniga Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi
3 avgust 2023, 18:32

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota va Bekobod tumanlari hokimlarini o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etdi. Bir kun avval prezident o‘sha hududlarda sanoat ishlab chiqarishi pasayganini tanqid qilgan edi.

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
3 avgust 2023, 17:31

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati prokurori bo‘lgan.

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi
3 avgust 2023, 12:32 1

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.

Bir qator bank filiallari rahbarlari muammoli kreditlar sababli ishdan olindi
3 avgust 2023, 09:29

Bir qator bank filiallari rahbarlari muammoli kreditlar sababli ishdan olindi

Prezident muammoli kreditlar ko‘pligi sababli Markaziy bankning 2 viloyatdagi boshqarma boshliqlarini hamda bir qator bank filiallari rahbarlarini ishdan bo‘shatish tavsiyasini berdi. Shuningdek, u oilaviy kreditlar hisobidan texnika va mahsulotlar xarid qilish tizimini ham tanqid qildi.

16 nafar hokimning birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan mahrum bo‘ldi
2 avgust 2023, 21:57

16 nafar hokimning birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan mahrum bo‘ldi

Prezidentning Toshkent viloyatida o‘tkazgan yig‘ilishida Namangan shahri va 15 ta tuman hokimining 16 nafar birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Bunga ushbu hududlarda qashshoqlik darajasi yuqoriligi sabab qilib ko‘rsatildi.

Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlarini lavozimidan ozod qildi
2 avgust 2023, 21:47

Shavkat Mirziyoyev 26 ta soliq inspeksiyasi va ikki viloyat DSB rahbarlarini lavozimidan ozod qildi

Prezident 26 ta soliq inspeksiyasi rahbarlari, ikkita viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatish, shuningdek, Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilish haqida topshiriq berdi. Soliq idoralari qo‘shimcha manba izlash o‘rniga “eski zamon kasaliga berilib ketishdi”, dedi u.

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l hokimlarini ishdan oldi
2 avgust 2023, 20:17

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l hokimlarini ishdan oldi

Prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari hamda ushbu tumanlarning 4 ta sektor rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, viloyat hokimining sanoat va investitsiyalarga hamda qurilishga mas’ul o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilindi.

Prezident ishdan olgan Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi
2 avgust 2023, 15:22

Prezident ishdan olgan Marg‘ilon hokimi o‘z yordamchisi va kotibini rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida 27-iyul kungi yig‘ilishda Marg‘ilon shahri hokimi Adham Ziyavitdinovni ishdan olgandi. Ammo hokim 28-iyulda yordamchisi va kotibni rag‘batlantirish bo‘yicha farmoyish chiqardi, hujjat keyinchalik yashirib qo‘yildi. Hokimlik farmoyishni viloyat prokuraturasi o‘rganayotganini bildirdi.

Nukus IIBning sobiq boshlig‘i Nukus tumaniga hokim bo‘ldi
2 avgust 2023, 11:52

Nukus IIBning sobiq boshlig‘i Nukus tumaniga hokim bo‘ldi

Ziyauatdin Zaitov Nukus tumani hokimi etib tasdiqlandi. U bungacha Chimboy tumani IIB boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani hokimi, Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. O‘tgan yilning iyul voqealari vaqtida Nukus shahri IIBni boshqargan.

Senat qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi
2 avgust 2023, 08:54

Senat qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi

Senatning 4-avgustdagi yalpi majlisida “Advokatura to‘g‘risida”, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yaxshilashga oid qonunlarga o‘zgartirish kiritish ko‘rib chiqiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting