Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 27 iyun — 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, «Tolibon»ning maqsadlari haqida so‘zladi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik munosabati va nima uchun shaxsan o‘zi «Tolibon»ni terroristik tashkilot emas deb hisoblashiga izoh berdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi normalar mavjud.
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota ko‘chasi va Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prik qurilishi bilan tanishdi. «Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz», — dedi prezident. Avvalroq Toshkent hokimligi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘l qurilishi narxi 49 mln dollargacha qimmatlashganiga aniqlik kiritgan edi.
Toshkentda joriy etilayotgan yangi karantin cheklovlari, Senatda tashkil etilayotgan yangi qo‘mita, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga beriladigan rag‘batlantirishlar, Qarshi va Jizzaxdagi 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 25 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.
Qozog‘iston madaniyat va turizm vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab Silk road visa amalda qo‘llanila boshlashi mumkin. Avvaliga ushbu yagona viza faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda amal qilishi reja qilingan edi. Qozog‘iston vakilasining so‘zlariga ko‘ra, viza Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari uchun «Osiyo Shengeni» vazifasini o‘tashi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti videoselektorda qo‘shnilarni hisobga olganda, mamlakat mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga tengligini ta’kidladi. Shu bois, 15 ta hududda klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Qolaversa, yana 10 ta hududda charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha KSZlar yaratilishi aytildi. «Har bir dollar davlatimizga foyda keltirishi kerak», — dedi u.
“Shahidlar xotirasi” majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtirilishi, 2021−2022 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlanishi, O‘zbekistonda koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlanishi, Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tishi — “Gazeta.uz"ning 24 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda rejaga asosan qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan Andijon shahar xalq kengashining deputati Shuhrat Karimov qamoqqa olindi. U ta’sis etgan kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Uning hamkasbi Jahongir Jiyanov buni «deputatlarga ochiqdan-ochiq bosim» deb atadi.
23 iyun kuni Afg‘oniston chegarasidan 53 nafar afg‘on harbiylari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tganligi yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni asrash tarafdori, biroq mamlakat hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, deyiladi bayonotda.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.
Prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzoladi. Sentyabrda ish boshlaydigan OTMda 5 ta — muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi. Qabul imtihonlarini Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi prezident farmoni loyihasi, Oliy ta’lim vaziriga yangi tayinlovlar, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta hujjat imzolanishi, Qozog‘iston politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomobili sotib olishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqotda Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashib, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari o‘rtasidagi yig‘ilish natijasida kadastr, logistika, bojxona, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting