Siyosat

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
12 sentabr 2024, 10:03

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.

Prokuror Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi
12 sentabr 2024, 08:01

Prokuror Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

Andijon va Toshkent viloyatlari prokurori lavozimlarida ishlagan Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi
11 sentabr 2024, 16:37

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.

Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi
10 sentabr 2024, 17:15

Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi

O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta qabul qilinib, yana shu jinoyatni sodir etgan. Antikorrupsiya agentligi rahbari 2021-yildan buyon muhokamada bo‘lgan korrupsionerlar reyestrini joriy etish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritish reja qilinganini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi
10 sentabr 2024, 14:37

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Mishustin, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha suhbatlashdi.

Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?
10 sentabr 2024, 10:58

Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?

O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi.

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi
10 sentabr 2024, 10:46

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi

Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi.

Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi
10 sentabr 2024, 09:41

Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi
10 sentabr 2024, 05:24

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi
9 sentabr 2024, 07:56

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi. Poytaxtda hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi (foto)
8 sentabr 2024, 23:21

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi (foto)

Prezident Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi kurash, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi
8 sentabr 2024, 16:26

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi.

Buxoroda Mirziyoyev va Nazarboyevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)
8 sentabr 2024, 11:38

Buxoroda Mirziyoyev va Nazarboyevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ular birgalikda shaharning diqqatga sazovor joylarini kezdi.

Germaniya kansleri O‘zbekistonga keladi
6 sentabr 2024, 16:58

Germaniya kansleri O‘zbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, u, xususan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadi.

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi
6 sentabr 2024, 12:06

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi.

Sobiq vazir Aziz Voitov sudida advokatlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligidan xavfsirab OAV ishtirokiga qarshilik qildi
5 sentabr 2024, 22:03

Sobiq vazir Aziz Voitov sudida advokatlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligidan xavfsirab OAV ishtirokiga qarshilik qildi

Mirobod sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq rahbari Husniddin Karimovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatlar jurnalistlar “xorijliklar agenti” bo‘lishi mumkinligini aytib, ularning sud ishiga aralashuviga qarshi chiqdi.

Toshkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
5 sentabr 2024, 16:49

Toshkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Toshkent viloyatining Sirdaryo, Namangan bilan chegara hududlarida o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Bu viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Parlament saylovi byulletenlarining shakli tasdiqlandi
5 sentabr 2024, 15:04

Parlament saylovi byulletenlarining shakli tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasi Parlament saylovi byulletenlarining shakli va tavsifini tasdiqladi. Bunday byulletenlar ixchamligi sabab chop etish xarajatlarini 3 mlrd so‘mgacha kamaytiradi, natijalarni aniqlash uchun sarflanadigan vaqt sarfi ham qisqaradi.

Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda
4 sentabr 2024, 20:37

Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda

RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov “Markaziy Osiyo davlatlari” aholisiga RF fuqaroligini berishga 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, “gasterbayterlarni ommaviy pasportlashtirish korrupsionerlar mafiyasi uchungina foydali”.

“Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov
4 sentabr 2024, 19:50

“Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting