Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.
Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17-avgust kuni Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgandi. Bir hafta o‘tgach, u “sog‘lig‘i sababli” ushbu lavozimdan ketdi.
Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon imzoladi. O‘zgarishlar, jumladan, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha loyihalarni tanlashda shaffoflikni oshirishni o‘z ichiga oladi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan 6 nafarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Ular orasida davlat maslahatchisi, prezident yordamchisi, vazir, elchi va boshqalar bor.
O‘zbekiston parlament saylov uchastkalari 39 mamlakatda tashkil etiladi. Ulardan eng ko‘pi Rossiyada — yettita, Qozog‘iston va Xitoyda — uchtadan bo‘ladi. 7 mamlakatda ikkitadan, 29 mamlakatda bittadan uchastka ochiladi.
Prezident Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida vazirlar, viloyat va tumanlar hokimlari, agentlik va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari hamda boshqa amaldorlar ham bor. Ro‘yxat.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2025-yilni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qilish hamda 20 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastur qabul qilishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi.
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qonunchilik palatasi 1993-yilda qabul qilingan amaldagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga “Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Hujjatda maxfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hujjat xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 22−23-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Toshkentda davlatlararo oliy kengash birinchi majlisini, shuningdek, ikki mamlakat biznes vakillari uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
ITIMning lingvistik tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Nukusda o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda salkam 5000 ta so‘zdan foydalandi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “korxona”, “xizmat”, “eksport”, “bozor”, “yer”, “bank” va boshqalar bo‘ldi. Batafsil.
Markaziy saylov komissiyasi barcha siyosiy partiyaga Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida qatnashish uchun ruxsat berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting