Prezident topshirig‘iga binoan Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, energetika, favqulodda vaziyatlar vazirlari va boshqalar tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” ikki xodim shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Samarqand va Qarshi shaharlarida ham xotira tadbirlari o‘tkazildi.
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning BAAdagi elchisi, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Prezident O‘zbekiston fuqarolarini oktabr oyida o‘tadigan Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovida faol bo‘lishga chaqirdi. Ular kuchli raqobat muhitida, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda o‘tishiga ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Barcha islohotlarimizning ruhi va mazmuniga „Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!“ degan g‘oya chuqur kirib bormoqda”, — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiylar Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyobonida o‘tgan xotira marosimida ishtirok etdi. “Adolat sinmaydi, haqiqat baribir tantana qiladi”, — dedi u bir necha siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomi oqlanganini eslab.
O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Foto.
Alisher Abdusalomov O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
O‘zbekiston va AQSh 2021-yilning avgustida Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Amerika elchisi Jonatan Henik ular O‘zbekistonga o‘tkazilishini bildirdi.
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan.
Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.
Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17-avgust kuni Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgandi. Bir hafta o‘tgach, u “sog‘lig‘i sababli” ushbu lavozimdan ketdi.
Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmon imzoladi. O‘zgarishlar, jumladan, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha loyihalarni tanlashda shaffoflikni oshirishni o‘z ichiga oladi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan 6 nafarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Ular orasida davlat maslahatchisi, prezident yordamchisi, vazir, elchi va boshqalar bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting