Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi. “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi.
Prezident Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. «Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan», — dedi va vazirlik yil yakuniga qadar aniq amaliy natijalar ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentdagi Talabalar shaharchasidagi Matematika institutining yangi binosiga tashrifida ushbu fanni eski uslubini tanqid qilib, matematikada raqobat muhitini yaratish maqsadini qo‘ydi. Endilikda Matematika instituti bolalar bog‘chalari, maktablar va OTMlarda matematikani o‘qitishni muvofiqlashtiradi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi va ikki mamlakt o‘rtasidagi munosabatlarni «uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni yaxshi», deya ta’rifladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdi. YeTTB rahbari bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi islohotlarni loyihalar portfeli va moliyaviy-texnik ko‘mak hajmini kengaytirish orqali qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini ta’kidladi
Anklav va eksklav hududlar nima? O‘zbekistonning qanday anklav va eksklav hududlari mavjud?
Senatning videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yalpi majlisida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi. Yalpi majlisda adliya vazirining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlar yuzasidan axboroti ham eshitiladi.
Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari umumiy chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga va to‘siqsiz yuk tashishni ta’minlashga kelishib oldilar.
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini aytib o‘tdi. 2019 yilda mamlakatda diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmagani qayd etilgan.
Prezident qarori bilan Oleg Pekos axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Jamol Maxsudov vazirning telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanishdi. Yana uch nafar amaldagi vazir o‘rinbosarining vakolat doiralariga aniqlik kiritildi.
Prezident qarori bilan Rustam Karimjonov xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oldinroq u vazirlik qoshidagi innovatsion markaz direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
AQSH prezidenti O‘zbekistonga maktub yo‘llab, unda Sardoba suv ombori to‘g‘oni qulashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi U AQSH koronavirusga qarshi kurashda yordam berishini ham bildirdi.
«Rosgeologiya» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda geologorazvedka ishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Buning uchun Rosgeo Uzbekistan sho‘’ba korxonasi tashkil etilib, unga O‘zbekiston bosh vazirining sobiq maslahatchisi, sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev rahbar etib tayinladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi. Markaziy Osiyo davlatlari, Moldova, Serbiya va Xorvatiya rahbarlari ham taklifnomalarni qabul qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini taqiqlash, hech kim sud qarorisiz mulk huquqidan mahrum qilishga yoki uni cheklab qo‘yishga haqli emasligi qonunda mustahkamlanmoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Unda, Qirg‘iziston delegatsiyasi mamlakat hududidan So‘x tumani hamda Shohimardon va Yordon qishloqlariga aholining erkin borib-kelishida hech qanday to‘siq yoki muammolar bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarni 3 yilga kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga ishlash uchun yo‘naltirish taklif qilindi.
Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi.
AQSH hukumati O‘zbekistonga 15 mingta koronavirus testini o‘tkazishga mo‘ljallangan reagentlaridan iborat yordamning birinchi qismini yetkazib berdi. Yana 10 mingta test reagentlari bir necha hafta ichida O‘zbekistonga olib kelinadi.
Qozog‘istonning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning asosiy talablari davlat tomonidan kredit bo‘yicha amnistiya e’lon qilinishi, chet el fuqarolariga yer sotish amaliyotni taqiqlash va siyosiy faollarni ozod etish bo‘ldi. 100 nafardan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting