Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesi deputati etib saylandi.
Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan — nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni qayta ko‘rishdan olib tashlashni bekor qildi. Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga kiritishni taklif qildi, biroq Spiker shoshmaslikka chaqirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlariga yo‘llagan murojaatida dunyoda yangi uzoq muddatli keskinlik o‘choqlari shakllanayotganini qayd etdi. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov xavfsizlik tahdidlariga qarshi birgalikda kurashni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Prezident Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etishni taklif qildi. «Madina shahrida bo‘lganimizda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini ko‘rdik. Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi», — dedi u.
O‘zbekiston prezidenti «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilish marosimida ishtirok etdi. «Ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Konsert davomida britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sami Yusuf «Hayot daraxti» qo‘shig‘ini ijro etdi.
Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti uchun qurilgan «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi ochilmoqda. Prezident tantanali marosimda ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Hokimlar mulk huquqiga oid qarorlarni bekor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilk bor xato qilgan kichik biznes vakillari jazolanmaydi, SSP tubdan o‘zgaradi, QQS 12 foizga tushiriladi — «Gazeta.uz» Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari va Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidqahhor Xolxo‘jayev poytaxtning Chilonzor tumani hokimi bo‘ldi. Shuningdek, yangi prokuror va tuman IIB boshlig‘i ham tayinlandi.
Yakshanba kuni RFning Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 14 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohat oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotidagi takliflarni hayotga tatbiq etish maqsadida prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi. Bundan tashqari, Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi.
O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot avvalida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi. «Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.
Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.
“Yuksalish” harakati “Mamlakatni uzoq muddat boshqargan lider-reformatorlar” sarlavhasi ostida infografika e’lon qildi. Ayrim siyosatchilarning mazkur ro‘yxatga kiritilishi savollarni tug‘diryapti, deb yozmoqda kolumnist Komil Jalilov.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Toshkentda SHHTga a’zo davlatlardagi hamkasblari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida 2022 yil yanvarida Qozog‘istonda va iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar RF tomonidan G‘arbning «rangli inqiloblarga urinishi» sifatida baholanishini aytdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi. Suratlar.
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi. U mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 17 avgust kuni shom namozi vaqtida Kobuldagi masjidda sodir etilgan va 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralab bayonot berdi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab 30 kun muddatga Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilinadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ikki davlat ishbilarmonlari esa $14 mlrddan ortiq kelishuvga erishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting