O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Afg‘oniston siyosiy yetakchilarining kelishuvi muzokaralarga va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi, deyiladi vazirlik bayonotida.
Afg‘onistonda siyosiy inqirozga prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh kelishuvi bilan barham berildi. Unga ko‘ra, Ashraf G‘ani prezident maqomini saqlab qoladi va Abdulloh Abdulloh esa Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi bo‘ladi. Shuningdek, sobiq vitse-prezident general Abdulrashid Do‘stumga marshal unvoni berilishi kelishilgan.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov 1 may kuni Sardoba suv omborida to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida Qozog‘iston so‘roviga javoban suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi deb aytilganini “Gazeta.uz"ga tasdiqladi.
Prokuratura Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi yuzasidan olib borilayotgan jinoiy ish bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxminini tekshirmoqda. Ular — loyihalashdagi xatoliklar, qurilish me’yorlariga rioya etmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar va tabiiy ofat taxminlari. Jami 170 nafardan ziyod kishi so‘roq qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod tumanida bo‘lib, favqulodda holatdan talofat ko‘rgan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mirzaobodliklar bilan uchrashuv davomida davlat rahbari mazkur hududda 360 kvartirali 9 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi va 616 ta kottej ta’mirlanishi hamda 15 mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga 40 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ta’mirlanadigan va yangi quriladigan uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta'mirlab beriladi.
Shavkat Mirziyoyev suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari Sardoba tumanida 1480 xonadondan iborat 37 ta uy barpo etiladigan turar joylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi.
2030-yilgacha barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar tugatildi va yangi lavozimlar kiritildi.
Atadjan Xamrayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.
Samarqandning turar joy fondi va infratuzilmalari cheklangani sababli shaharni uchta chegaradosh tuman hisobiga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Prezident ishtirokidagi majlisda Samarqand va Qashqadaryo misolida korxonalarni qayta tiklash muhokama qilindi.
Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardir.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Sherzod Kudbiyevni Davlat Soliq qo‘mitasining raisi lavozimiga ma’qulladi. DSQning sobiq rahbari Behzod Musayev esa bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzodi ma’qullangan.
Dushanov Yashin Ravshanovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev tizim nopok va nomunosib xodimlardan tozalanayogani haqida ma’lum qildi. 2019 yilda prokuratura organlaridan qariyb 400 nafar korrupsiyaga moyil va xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xodimlar ishdan bo‘shatilgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida suv toshqinidan jabrlangan O‘zbekiston xalqi va qo‘shni Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Gutterish global miqyosda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha u e’lon qilgan da’vatni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Alisher Usmonov jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 5 mln dollar suv toshqini natijasida evakuatsiya qilingan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanidagi 30 mingdan ortiq kishiga bo‘lib beriladi. Evakuatsiya qilingan 5202 ta oilaning hujjatlari to‘liq to‘plangandan so‘ng, ularga belgilangan 422 ming tenge (1000 AQSH dollari) beriladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Konferensiyada COVID-19 koronavirus pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati, istiqbollari va Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat muhokama qilinadi.
Senat Sardoba suv omboridagi texnogen ofat bo‘yicha hukumatga parlament so‘rovi yubormaydi. Senat raisi Tanzila Norboyeva jinoyat ishi ochilgani va ushbu masala shaxsan prezident nazoratida ekanini ta’kidladi.
O‘zbekistonda tashkil etiladigan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mustaqil huquqni muhofaza qilish organi maqomida bo‘ladi. U parlament a’zolari, prezident adminstratsiyasi, hukumat a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar ishini ham o‘rganadi. “Maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darajasiga chiqiladi”, — deya ma’lum qildi bosh prokuror.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting