Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan suv chiqishidan aziyat chekkan Oqoltin tumani aholisi bilan uchrashuvda sharoit yaxshi bo‘lmaguncha o‘zi va boshqa rahbarlarning hech qayerga ketmasligini ma’lum qildi. Davlat rahbari qurilishlar boshlanishi, sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani sababli uning vazifasini vaqtincha Andrey Belousov bajarib turadi. «Gazeta.uz» e’tiboringizga Andrey Belousovning siyosiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyev to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgan Sardoba suv omborini ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi.
Vohidjon Ahmadjonov Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekistonda barcha mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tuziladi. Mazkur kengashlar mehnat jamoalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratilishini ta’minlaydi.
Tojikistonda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar ruscha qo‘shimchalarsiz beriladi. Taqiq milliy ozchiliklari vakillari va rus familiyasiga ega bo‘lganlarga ta’sir qilmaydi.
AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy qadamlarni olqishlab, 2005 yildan beri birinchi marta «diniy erkinlik sohasida alohida xavotirga molik davlatlar» qatoridan olib tashladi.
28 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berdi. Partiya fraksiyalari rahbarlari ushbu masalaga o‘z munosabatlarini bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlaridagi kuchli shamol yetkazgan zararlarni ko‘zdan kechirib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida kirishi uchun ovoz berdi.
O‘zbekiston havo yo‘llarining sobiq bosh direktori Vazirlar mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Institutining (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab davlatlar harbiy sohaga 1,9 trln dollar sarflashgan, bu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. 2019 yilda xarajatlarning 62 foizini tashkil etgan beshta eng katta sarflovchilar AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni.
Hukumat qarori bilan uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantiriladi va ular 14 kun davomida uyda yashovchi barcha shaxslar bilan birga karantinga olinadi. Karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi.
Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan mamlakatda favqulodda holat rejimi 11 may kuniga qadar uzaytiriladi. Hukumat ikkinchi oy uchun daromadlarini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 tenge miqdorida yordam berishini, 1 maydan poytaxt va Olmaota o‘rtasida aviareyslar tiklanishini hamda bir qator tuman va shaharlarda karantin rejimini yumshatilishini ma’lum qildi.
Koreya Respublikasi tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamining birinchi qismi Toshkentga yetib keldi. Unda umumiy qiymati 900 ming dollarga yaqin yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PSR diagnostika test tizimlari joy olgan.
Hukumat qarori bilan Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. U rais vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Behzot Narmatov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Erkin Xamrayev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident qarori bilan Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting