Tashqi ishlar vazirligida «Tolibon» harakatining siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shahnoza Mirziyoyeva Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev AQSHning uchta shahrida 30 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishmalar munosabati bilan Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar o‘rtasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov «Jasliq» koloniyasining yopilishi bo‘yicha izoh berib, ilk bor ushbu muassasadagi mahbuslar sonini ma’lum qildi.
«Agar zo‘ravonlik siyosati foydali bo‘lganida 30 yilda zo‘r bo‘lib ketgan bo‘lar edik», — dedi prezident. U o‘z administratsiyasi va bosh vazirga qaysi viloyat hokimini ishdan olish bo‘yicha taklif berishni topshirdi.
Prezident Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlarini xoinlar deb atadi. U Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga buzishdan avval o‘z boshini buzishni tavsiya qildi.
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovni Urganchdagi buzish ishlari bilan bog‘liq vaziyat uchun tanqid qilib, uni prezident siyosatining asosiy dushmani deb atadi.
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatiladi. Bu haqda prezident qarori imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Minskda muzokaralar o‘tkazdi. Prezidentlar savdo-sotiqni kengaytirish, mintaqaviy hamkorlik va boshqa masalalarda fikr almashdi.
Abdirasul Safarov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusga jo‘nab ketdi.
So‘nggi vaqtlarda uylar ommaviy buzilib, daraxtlar ayovsiz kesib tashlangan Rishton tumanida hokim o‘zgardi. Eski hokim o‘z xohishi bilan lavozimini tark etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31- iyul — 1- avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belurusda bo‘ladi.
Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi rahbari bo‘lib ishlagan Umidjon Isroilov energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandni turistik xabga aylantirish va tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekistonning Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi elchisi Baxtiyor Saidov bir vaqtning o‘zida Filippindagi elchi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting