Energoresurslar tariflari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda optimallashtiriladi. Tarif islohotlari og‘riqsiz kechishi uchun eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Dam olish kunlari Bishkekda YeI va Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlarining yillik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. «Gazeta.uz» Yevrokmissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini va Yevropa xalqaro hamkorlik va rivojlanish komissari Neven Mimika maqolasini e’lon qilmoqda.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining bir qator boshqarmalarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Doniyor Toshxo‘jayev (Tergov departamenti boshlig‘i) va Doniyor Qodirov (turizm va transport obyektlarida xavfsizlik bo‘yicha) ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov energetika va sog‘liqni saqlash vazirlari nomiga haqoratli so‘zlarni ishlatdi. Viloyat ma’muriyati va Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga izoh berdi.
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga tabrigida o‘zining bilim va salohiyatiga, ishchanlik fazilatlariga ishongan rahbar tanqiddan qo‘rqmasligi, biroq axborot maydonidagi bahslar haqqoniylik va xolislikka asoslanishi kerakligini ta’kidladi.
Rustam Kurganbayev O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni Tashkent City qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zbekistonda Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha milliy strategiya qabul qilish va ushbu sohada milliy ma’ruzachi institutini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Kelgusi yilning may oyida O‘zbekistonda ilk bor BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkilotining Yevropa uchun hududiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni olib kelish uchun Suriya va Iroqqa uchgan samolyot o‘qqa tutilishi mumkin bo‘lganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma fuqarolarni olib kelish imkoni bo‘lmagan.
Shavkat Mirziyoyev Hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovni poraxo‘rlikda aybladi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Yangi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga prokuratura organlaridagi korrupsiyalashgan tizimni buzib tashlash vazifasi topshirildi.
Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va komissiyasining majlislari bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bosh vazir tomonidan ilgari surilgan Elmira Bositxonova nomzodini bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qulladi. Hozirda qo‘mitaga Tanzila Norboyeva rahbarlik qilmoqda.
Prezident farmoni asosida Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi, uning o‘rniga Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting