Senat 20-yalpi majlisda turizm to‘g‘risidagi (yangi tahrir), shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi, Hisob palatasi to‘g‘risidagi, qurol to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi investitsiya loyihalarini yanada jadallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi Toshkentda Human Rights Watch vakili bilan sodir bo‘lgan hodisa o‘rganilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekiston tashkilot faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va u bilan hamkorlikni davom ettiradi, deyiladi bayonotda.
Bangladesh prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi sammitdan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi OHICHK samitida jahon ishonch inqiroziga yuz tutayotganini ta’kidlab, Osiyo qit’asini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qator tashabbuslarni ilgari surdi.
O‘zbekiston prezidenti Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Bishkekdan Dushanbega jo‘nab ketdi.
Bosh prokuratura DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev, uning birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. DXX sobiq rahbariyati ishiga jami 10 kishi jalb qilingan.
Shavkat Mirziyoyev SHHT majlisida mintaqaga doir dolzarb masalalarga e’tibor qaratib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirdi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi navbatdagi majlisining asosiy tadbirlari boshlandi.
«Milliy tiklanish» Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari va partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimlariga saylandi.
Londonda O‘zbekiston-Britaniya munosabatlari tarixida ilk bor tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Bishkekda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmeri DiKarloni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va chegara masalalarida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga tashrif buyurdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Bishkekka jo‘nab ketdi.
Toshkent viloyatining Ohangaron va Quyi Chirchiq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Oltita shahar va bitta shaharcha respublika bo‘ysunuviga o‘tkazildi, ularni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasidagi yangi bo‘limga yuklatildi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting