Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Kongratbay Sharipov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev 29−30-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga kirishiladi. kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi. Prezident korrupsiyaga qarshi kurash dasturini tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer Volkswagen bilan tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hamda Toshkentda Yadroviy tibbiyot va nurli terapiya markazini tashkil etish bo‘yicha bitimlarni imzoladi.
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi va Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.
Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Paxtachi tumani hokimi Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Muzaffar Hamdamov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.
Daromadlarni deklaratsiya qilishni ko‘zda tutuvchi davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun 2017-yilning sentyabrida qabul qilinishi kerak edi. IHTT ekspertlari deklaratsiyalash tizimi qanda joriy etilishi kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni tayyorladi.
Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi.
Samarqand shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Samarqand shahri hokimi lavozimida ishlagan Furqat Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27−29 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririda hokimlar vakolatlari kengaytirilgan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
AQSH tinchlik instituti va O‘zbekiston elchixonasi Vashingtonda tashkil etgan dinlararo iftorda muftiy Usmonxon Alimov ham ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Farhd Abdullayev Toshkentning Uchtepa tumani hokimi bo‘ldi. Tuman prokurori, DSI va IIO FMB boshliqlari ham tayinlandi.
Temurjon Komilov xalq ta’limi vazirining moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting