Missisipi shtati rahbari Fil Brayant diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan keyin O‘zbekistonga tashrif buyurgan ilk Amerika gubernatoriga aylanadi.
Shavkat Mirziyoyev Serbiya davlatchiligi kuni munosabati bilan prezident Aleksandr Vuchichga tabrik yo‘lladi.
Hukumat qarori bilan Bahodirjon Sidiqov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.
Abdulaziz Kamilov Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri darajasida mazkur forumda ilk bor qatnashmoqda.
«O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini sobiq mudofaa vaziri Abdusalom Azizov egalladi.
Shavkat Mirziyoyev Komil Allamjonovni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v. b. lavozimiga tayinladi. U o‘z maqomiga ko‘ra prezident maslaxatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
O‘zbekiston va YeI 1999 yildagi shartnoma o‘rniga Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi yangi bitim bo‘yicha «bir xil tushunchaga keldi».
Prezident Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud muhokamalarida oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.
So‘z va axborot erkinligi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining asosiy vazifalaridan.
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Ochilboy Ramatov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — transport vaziri etib tayinlandi. Jamshid Qo‘chqorov, Aziz Abduhakimov va Tanzila Norboyeva bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini saqlab qoldi.
Alisher Sultonov energetika vaziri etib tayinlandi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Sentyabrdan «O‘zbekneftgaz» raisi bo‘lib ishlab kelayotgan Bahrom Ashrafxonov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi va prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri va AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasi va 3-sonli ichki ishlar bo‘limini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida 264 kilometr suv tarmog‘ini qurish va ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting