O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Belarus rahbari tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish, xususan, BelAZ bilan kelishuvlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.
Yozuvchi Murod Muhammad Do‘st 75 yoshga to‘ldi. “Lolazor” romani muallifi bilan bog‘liq 2024-yilgi hozircha eng katta voqea — uning “Lolazor” podkastidagi chiqishi. Podkastning prezident Islom Karimovga bag‘ishlangan qismi alohida e’tiborga molik. “Gazeta.uz” podkastda aytilgan xotiralarni matnga ko‘chirdi.
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlangan Farrux Tursunov qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon hayiti bayrami bilan qutladi. Davlat rahbarlari “qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq” tilab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini ham muhokama qildi.
Jizzax viloyatidagi mahallalarga eksportchi liderlar biriktiriladi, dedi prezident. Bundan tashqari, Irjar — Do‘stlik — Jizzax yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish, Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida “turizm halqasi” yaratish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Bungacha poytaxt hokimligi matbuot xizmatida ishlab kelgan Gulnoza Kasimova Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
O‘tgan haftada Toshkent shahri hokimligiga tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov tayinlovdan so‘ng poytaxtdagi barcha tumanni aylanib chiqdi. U ishchi guruh bilan mahallalarga borib, kamchilik va muammolarni muhokama qildi. “Gazeta.uz” hokimning 4 kunlik o‘rganishlari aks etgan video va suratlarni jamladi.
Prezident Ramazon hayiti arafasida 426 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ulardan 135 nafari asosiy jazodan to‘liq, 200 nafari shartli ozod etildi. Afv etilganlar orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar bor.
Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodida bo‘lib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Kia Sonet avtomobili bilan ham tanishdi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari Sardor Isakulov Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi bo‘ldi. Sobiq hokim faoliyatidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga bordi. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, ish yakuni 2028-yilga mo‘ljallangan. Prezident bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar, shuningdek, infratuzilma tarmoqlari va ta’lim muassasalari qurishni jadallashtirishni topshirdi.
Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyatning Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida ishlab kelayotgandi.
Dushanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari muhokama qilinadi. Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start beriladi.
Toshkent shahrida mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etiladi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi. “Mahallalarning asl boshqaruvi fuqarolar qo‘liga, qulayligi va xavfsizligini ta’minlash esa mas’ullarga yuklatiladi”.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Nodir Abduvaliyev va Sardor G‘iyosov vazirlik va idoralarni tejamkorlikka chaqirdi. Ular budjet taqchilligi fonida tashkilotlar tomonidan qimmatbaho avtotransportlar xarid qilinishi holatlarini qoraladi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori sifatida ishlagan Agzam Nartayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Alisher Temirov markaz direktori v.b. etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada o‘tgan muzokaralarda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, ular “Xiva gilamlari” kombinatini ko‘zdan kechirdi.
Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting