Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi.
O‘zbekiston prezidenti bosh vazir boshchiligidagi muvofiqlashtiruvchi kengashga uch oy muddatda vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.
Internetda Turkiyada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvda bo‘lgan tadbirkor Sherali Sobirjanov o‘rtasidagi suhbat videosi tarqaldi. BP video yanvar oyida bosh prokuror o‘z mablag‘i hisobidan davolanayotgan turk klinikasida yozib olingani va amaldor bu tadbirkor bilan tanish bo‘lmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston 2000-yildan beri ilk marta intellektual mulkning huquqiy muhofazasi bo‘yicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) qora ro‘yxatiga kiritilmadi. Bunga mualliflik huquqlari masalasiga “yuqori darajada siyosiy” e’tibor qaratilgani, Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqalar keltirilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hokimliklar uchun yangi avtomobillar “Mehr daftari” jamg‘armasidan xarid qilinmaganini tasdiqladi. Jamg‘arma nomining davlat xaridlari lotlarida ko‘rsatilishi STIRni noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.
O‘zbekistondan Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 169 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yetib bordi. Yordam tarkibidan un, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, konservalangan go‘sht mahsulotlari, makaron, shakar va boshqalar o‘rin olgan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi chog‘ida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, tezyurar temiryo‘l loyihalari va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha dasturlar e’lon qilindi.
Qo‘shimcha: Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari yangi avtomobillar “Mehr daftari” jamg‘armasidan xarid qilinmaganini ma’lum qildi. Jamg‘arma nomining davlat xaridlari lotlarida ko‘rsatilishi portaldagi nuqson bilan bog‘liq.
Davlat idoralari elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni boshladi. Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlar bir qator hokimliklar mashinalarni yetim bolalarni qo‘llovchi “Mehr daftari” jamg‘armasi orqali sotib olganini aytmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligi texnik xatolik bo‘lganini ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr va Chilining O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchilari — Kipros Yorgallis hamda Eduardo Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
24-aprel kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” doirasida rahbarlar va xodimlar piyoda yoki jamoat transportida ishga bordi. Ular orasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova bor. “Gazeta.uz” jarayon aks etgan video va suratlarni bir sahifaga jamladi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda bo‘lib turgan Devid Kemeronni qabul qildi. Ular O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik munosabatlarini muhokama qildi.
Buyuk Britaniya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan davlatlaridan ular hamkorlik qiladigan sheriklardan birini tanlashini so‘ramaydi, dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron. “Biz hamkorlik o‘rnatish uchun bu yerda bo‘lishni xohlaymiz”, — dedi u.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozadi.
O‘zbekistonga 23-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron keladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ikki mamlakat munosabatlari tarixini yodga oldi: shu kungacha Britaniyaning qaysi vazirlari O‘zbekistonga kelgan? Qirollik oilasidan-chi — qaysi malikayu shahzodalar O‘zbekiston mehmoni bo‘lgan?
Haftaning prezident ishtirokidagi asosiy voqealariga bag‘ishlangan “Maxsus rakurs” loyihasini nafaqat o‘zbek va rus, balki qoraqalpoq tilida ham namoyish etish boshlandi. Uni tayyorlash uchun Nukusda alohida guruh tuzildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrif buyuradi. Uning O‘zbekistondagi hamkasbi bilan muzokaralarida mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etish reja qilingan.
Samarqand viloyati prokuraturasi 445 mln so‘mga 22 dona iPhone 14 Pro Max smartfonlarini xarid qildi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max sotib oldi. Boshqa davlat idoralari ham smartfonlar xarid qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Oldingi safar u 2023-yilning dekabrida ta’tilga chiqqandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting