Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30-mart kuni o‘tkaziladi. Unda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, sud faoliyati yuzasidan va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi.
Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.
2020-yildan buyon Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi.
Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Jidda shahridagi bosh konsul bo‘lib ishlagan.
Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik marosimida ishtirok etib, yer yuzida tinchlik-osoyishtalik bo‘lishini niyat qildi va “Dinimizda belgilab berilgan to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik”, deb duo qildi. Foto va video.
2025-yil Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Senati raisi Tanzila Narbayeva ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuvda assambleya hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.
2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Diplomatik missiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqada, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.
Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. Hukumatlar nomidan tegishli kommyunike ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Nyu-Yorkda imzolandi.
Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida.
O‘zbekistonda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 4661 kishi (2018-yilda 5500 dan ortiq) ovoz berdi. Mamlakatda jarayon uchun ikkita uchastka hozirlandi — Toshkent va Samarqandda. Poytaxtda peshin vaqtida Rossiya elchixonasi oldidagi navbat yuzlab metrlarga cho‘zildi (foto).
Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 mlrd dollarga yetkazish rejalari bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ri qadoqlash, eksportga yetkazib berishda klaster tizimini yaratish muhimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Tabrikda saylovchilarning yuqori faolligi “Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin namoyishi” ekani aytiladi.
Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting