Siyosat

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
29 aprel 2022, 19:33

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan Shoxrux Aminov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida prokuror lavozimida faoliyat yuritgan.

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi
29 aprel 2022, 16:25

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi

9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalidagi asirlarga 15 mln so‘mdan to‘lanadi.

«Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi» — prezident
29 aprel 2022, 15:56

«Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi» — prezident

Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish uchun 2023 yil oxirigacha 40 ta yangi, jumladan, 5 ta ekspress yo‘nalish ochish, markaziy ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar ajratish, 180 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilmoqda. 1 iyuldan boshlab shahar jamoat transporti viloyat budjeti hisobidan subsidiyalanadi. Ikki tumanni Samarqand bilan elektropoyezd orqali ulash taklif qilinmoqda. «Yo‘llarni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustuvor ahamiyat berish kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi
29 aprel 2022, 15:50

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayevaning fikricha, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan korrupsion holatlar islohotlarga soya solmoqda. Shuningdek, u bitta bankda jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi ish boshladi
29 aprel 2022, 10:07

O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonda Falastinning qayta tayinlangan elchisi Javad Muhammad Avad o‘z faoliyatini boshladi. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
28 aprel 2022, 18:30

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Endilikda inson a’zolari transplantatsiyasi uchun bemorga qarindosh bo‘lmaganlar ham donorlik qilishi mumkin. Tirik donorni undan a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olish uchun rozilik berishga majburlash taqiqlanadi.O‘zbekiston fuqarosi chet davlat fuqarosi bo‘lgan retsipiyent uchun donor bo‘lolmaydi. «Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Zomin va Baxmalda tabiatni muhofaza qilish uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi
28 aprel 2022, 17:43

Zomin va Baxmalda tabiatni muhofaza qilish uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi

Bosh prokuratura tizimida Zomin va Baxmal tabiatini muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.

Qirg‘iziston bilan chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkin
28 aprel 2022, 10:10

Qirg‘iziston bilan chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkin

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod Jeenbek Kulubayev Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida yana 3−4 ta nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu masala ikki davlat bosh vazirlari uchrashuvida ko‘tarilgan.

Abdulaziz Kamilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
27 aprel 2022, 21:36

Abdulaziz Kamilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi

2012 yildan buyon tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. TIV rahbarining vazifalarini bajarish Vladimir Norov zimmasiga yuklatildi.

A’zam Abdullayev «O‘zkomnazorat» boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
27 aprel 2022, 19:00

A’zam Abdullayev «O‘zkomnazorat» boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan A’zam Abdullayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. «O‘zkomnazorat»ning avvalgi rahbari ayrim ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan lavozimidan chetlashtirilgan edi.

Prezident texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni buyurdi
27 aprel 2022, 18:29

Prezident texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev texnikumlar bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Bunda agrar sohadagi barcha texnikumlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ulardagi o‘quv dasturlar, metodologiya, darsliklar va amaliyot tizimi butkul qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
27 aprel 2022, 11:30

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan nojo‘ya harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senatda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

«O‘qishi uchun uring». Xatirchi tumani hokimi maktab o‘quvchilari bilan ishlash haqida
27 aprel 2022, 11:00

«O‘qishi uchun uring». Xatirchi tumani hokimi maktab o‘quvchilari bilan ishlash haqida

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizomov maktab o‘quvchilarini kerak bo‘lsa urish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «avval o‘qituvchilar bolalarni kaltaklashgan va bu uni hozirgacha kelishiga yordam bergan». Tuman hokimligi matbuot xizmati «ijtimoiy tarmoqlarda vaziyat boshqacha talqin qilinganini» ma’lum qildi.

«Hudud mas’ullari hali „uyg‘ongani“ yo‘q» — prezident turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati berdi
26 aprel 2022, 17:59

«Hudud mas’ullari hali „uyg‘ongani“ yo‘q» — prezident turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati berdi

Prezident 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati berdi. Shuningdek, davlat rahbari qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi. Mutasaddilarga turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash eng ustuvor vazifa etib belgilandi.

Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
26 aprel 2022, 15:54

Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev va Botirjon Shaxriyorov turizm va madaniy meros vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Qirg‘izistonning yangi elchisi ish boshladi
26 aprel 2022, 12:01

Qirg‘izistonning yangi elchisi ish boshladi

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Musa Jamanbayev ish boshladi. Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov qabul qilib oldi.

Ukrainada 11 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi. Ular mart oyining boshidan beri qidirilmoqda
25 aprel 2022, 23:08 1

Ukrainada 11 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi. Ular mart oyining boshidan beri qidirilmoqda

Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgan edi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmadi. Elchixona ularni qidirmoqda. «Gazeta.uz» bedarak yo‘qolganlardan birining ukasi bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 aprel 2022, 15:39

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘lladi
25 aprel 2022, 11:10

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston delegatsiyasi unga oltin va kumushdan yasalgan «Poi Kalon ansambli» ning 3D shaklidagi suratini sovg‘a qildi. «Men [sovg‘aga] qarayapman va uni qo‘yishga joy qidirayapman. Prezident lol qoldirishni biladi», — deb yozadi Checheniston rahbari.

OAV: Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari Rossiya-Ukraina muzokaralarining asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda
24 aprel 2022, 10:47

OAV: Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari Rossiya-Ukraina muzokaralarining asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda

Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy 22 aprel kuni Ukraina tomoni bilan «bir nechta uzoq davom etgan muzokaralar» bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Hozirda Ukrainaning neytrallik va yadrosizlik maqomi, xavfsizlik kafolatlari hamda «madaniyatlarga nisbatan o‘zaro hurmat» masalalari yuzasidan muhokamalar davom etmoqda. Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari muzokaralarning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting