Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov belgiyalik jurnalistning O‘zbekiston Afg‘oniston hukumatini shakllantirishda «Tolibon»ga ta’sir o‘tkazishga urinyaptimi yoki bu harakat bilan munosabatlarni qanday ko‘zda tutayotgani haqidagi savollariga javob berdi. «Biz afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlarining yelkasiga yuklamaslik kerak», — dedi vazir va ayrim davlatlar pul taklif qilayotgani va buning evaziga minglab afg‘on qochqinlarini qabul qilishni so‘rayotganini qo‘shimcha qildi. «Biz buni tushunmayapmiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Vazirlar xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni, biologik xavfsizlik bo‘yicha hukumatlararo anglashuv memorandumini, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston TIVlari o‘rtasidagi 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, haydovchilik guvohnomasi va “texpasport” ni almashtirish muddati uzaytirilishi, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti jadvali e’lon qilinishi — “Gazeta.uz"ning 18 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish yaqin orada yakunlanadi. Hujjatni O‘zbekiston prezidentining kelasi yil Bryusselga qilinadigan tashrifi chog‘ida imzolash rejalashtirilmoqda.
Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Avvalroq sobiq rais Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.
Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.
Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.
Prezident farmoniga asosan, Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2017 yildan beri O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Prezident farmoniga asosan, Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2017−2018 yillarda ushbu vazirlikni boshqargan. Shermatov oxirgi uch yil xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan.
Toshkentda yog‘gan birinchi qor, yangi amalga oshirilgan tayinlovlar, gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti bo‘yicha cheklov joriy etilishi — “Gazeta.uz"ning 17 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkentda Oliy sud raisi Kozim Komilovga tegishli Malibu rusumli xizmat mashinasi YTHga uchradi. Hodisa yuz berganda rais mashinada bo‘lmagan. Avtomobil haydovchisi hozirda davolanmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk ikki tomonlama tashrifi 19-noyabr kuni Rossiyaga bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda kelishuvga erishildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov respublikadagi barcha mahallada hokim yordamchisi lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan o‘tkazilayotganiga izoh berar ekan, «bu noqonuniy», deya ta’kidladi. «Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin», — dedi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting