Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni qayd etdi. «Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz», — deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi toliblar rejimidan qochayotgan odamlar uchun o‘z chegaralarini ochishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda o‘zbek-afg‘on chegarasi to‘liq yopilgan va «Termiz» chegara postini ochish hozircha rejalashtirilayotgani yo‘q.
Birinchi prezident Islom Karimovning xiralashtirilgan surati Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan serialda namoyish etildi. Kanal rahbariyati videomontaj vaqtida portretga xira tortilganini «texnik xatolik» deb atadi.
O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirlari «Afg‘oniston hamda favqulodda holatda xalqaro hamkorlik masalalari» ni muhokama qilishdi. Xususan, Germaniya fuqarolari va afg‘on xodimlarini havo va quruqlik orqali evakuatsiya qilish tafsilotlari kelishilmoqda.
Prezident qarori bilan hokimlar o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etilmoqda. Ular faoliyati «qoniqarsiz», «qoniqarli», «yaxshi» va «a’lo» deb baholanadi. Ular hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun shaxsiy javobgar etib belgilandi.
18 yalpi majlisda senatorlar jami 8 ta qonunni, shu jumladan, sug‘urta faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperativi, soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash, harbiy xizmat, Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi hujjatlar ma’qulladi.
O‘zbekiston ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan Afg‘oniston poytaxtidagi teraktni qoralaydi, deyiladi TIV bayonotida. Kobul aeroportida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 170 nafarga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev mustaqillik arafasida 215 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ular orasida 69 nafar xorij fuqarosi, shuningdek, 15 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar bor.
Ekopartiya Narzulla Oblomurodovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Oblomurodovning «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chiqindilarni resursga aylantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Orol mintaqasida vaziyatni yaxshilash, sud organlariga ishonchni oshirish, sog‘liqni saqlash hamda O‘zbekiston atrofida xavfsizlik mintaqasini yaratish yo‘nalishlari o‘rin olgan. Partiyaning to‘liq dasturi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston toliblar bilan ikki yil oldin muloqotni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi. «Dohadagi rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergan. Va’dasiga vafodor bo‘lib turgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy», — dedi u. «O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar gaplashaman», — deya ta’kiladi davlat rahbari.
Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari u yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalarining ishga tushirish tadbirlarida ishtirok etib, aholi bilan muloqot qiladi.
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston orqali Yevropa va boshqa davlatlarga o‘tib ketayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari munosabat bildirildi. «O‘zbekiston hududidan tranzit orqali o‘tib ketayotgan shaxslarning oldindan ro‘yxati bo‘ladi, ular tegishli filtrdan o‘tkaziladi. Bizning tegishli vakolatli organlarimiz tomonidan mamlakatimiz hududida qandaydir terrorchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Farhod Arziyev.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Senatning navbatdagi yalpi majlisida Afg‘onistonda qiyin ahvolga yoki murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari mavjud emasligini ma’lum qildi.
Senatning yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Afg‘oniston borasida O‘zbekistonning pozitsiyasini ma’lum qildi. «Eng avvalo biz Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarni manfaatini e’tiborga oladigan, ularning o‘zaro tinchlik muzokaralari natijasida erishiladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz», — dedi u.
Prezident farmoni bilan 30 dan ziyod hokim, qator davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari mukofotlandi. Ular orasida Toshkent shahri va poytaxtning bir nechta tumanlari, Jizzax viloyati va Jizzax shahri, Xorazm viloyati va uning tumanlari hokimlari hamda boshqalar bor.
Yangi qabul qilingan qonun va qarorlar, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishi, reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari oqlanishi — “Gazeta.uz"ning 25 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Polsha prezidenti Anjey Duda telefon orqali muloqotda fuqarolarni O‘zbekiston hududi orqali evakatsiya qilishdagi ko‘mak uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi.
6 ta jinoyat ishi bo‘yicha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting