Siyosat

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi
25 avgust 2021, 18:31

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ruminiya, Polsha, Tojikiston, Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Afg‘onistonda saylov uchastkalarini ochish ko‘zda tutilgan — TIV
25 avgust 2021, 15:59

Afg‘onistonda saylov uchastkalarini ochish ko‘zda tutilgan — TIV

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston o‘zining Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarida prezident saylovi davrida saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirilmoqda.

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi
25 avgust 2021, 14:23

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi

MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

24 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 avgust 2021, 20:39

24 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bo‘ston tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlanishi, Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq narkotiklar partiyasi yo‘q qilinishi, prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi — “Gazeta.uz"ning 24 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ekoqo‘mita raisi vazifasidan ozod etildi
24 avgust 2021, 16:30

Ekoqo‘mita raisi vazifasidan ozod etildi

«Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar» uchun Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Germaniyaning yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi
24 avgust 2021, 15:55

Germaniyaning yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Tilo Klinnerni qabul qildi. Germaniya tomoni O‘zbekistonga chet el fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi etib saylandi. Nega hokimlar senator etib saylanadi?
24 avgust 2021, 15:16

Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi etib saylandi. Nega hokimlar senator etib saylanadi?

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Avvalroq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nima uchun hokimlar Senat a’zosi etib saylanishi mumkinligini tushuntirgan edi.

Shveysariya O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq tibbiy niqoblarni taqdim etdi
24 avgust 2021, 14:03

Shveysariya O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq tibbiy niqoblarni taqdim etdi

Shveysariya hukumati O‘zbekistonga 1,1 milliondan ortiq FFP2 markali tibbiy niqoblarini taqdim etdi. Toshkentga shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan samolyot qaytishda Kobuldan evakuatsiya qilingan fuqarolarni olib ketadi.

Sanobarxon Nosirova Bo‘ston tumani hokimi v. b. etib tayinlandi
24 avgust 2021, 10:40

Sanobarxon Nosirova Bo‘ston tumani hokimi v. b. etib tayinlandi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobarxon Nosirova tasdiqlandi. Bunga qadar u tumandagi «El rizqi non» MCHJ rahbari bo‘lgan.

Prezident Toshkentda qurilayotgan obyektlar taqdimoti bilan tanishdi
24 avgust 2021, 08:56

Prezident Toshkentda qurilayotgan obyektlar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 avgust 2021, 20:48

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etishi, UzAuto Motors`ga yangi bosh direktor tayinlanishi, Qo‘rg‘ontepa tumani prokurorining o‘z lavozimidan ozod kilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi
23 avgust 2021, 19:53

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev KXSHTga a’zo davlatlarga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
23 avgust 2021, 15:15

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi
23 avgust 2021, 11:47

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda” KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi.

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda
23 avgust 2021, 10:41

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor
21 avgust 2021, 22:24

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor

Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi
21 avgust 2021, 12:42

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bexzot Narmatov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

20 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 avgust 2021, 22:25

20 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti, 5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalarning yangi dizayni, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bayonoti — “Gazeta.uz"ning 20 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 chet el fuqarosi evakuatsiya qilindi
20 avgust 2021, 21:46

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 chet el fuqarosi evakuatsiya qilindi

Oxirgi bir necha kunda O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 nafar chet davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV.

«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30−40 foizga arzonroq sotar edik» — prezident
20 avgust 2021, 21:38

«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30−40 foizga arzonroq sotar edik» — prezident

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportga ichki bozorga nisbatan 30−40 foiz arzonroqqa sotilgan, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida raqobat muhitining shakllanishi, Toshkent, Namangan va Jizzax viloyatlarida yangi zavodlar qurilishi natijasida avtozavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting