18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi.
Dushanba kuni Markaziy saylov komissiyasi 5 ta siyosiy partiya — XDP, O‘zLiDeP, “Adolat”, Ekologik partiya va “Milliy tiklanish” partiyalariga 9-iyuldagi muddatidan avvalgi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 1-iyungacha o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘anni prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tgani bilan telefon orqali tabrikladi. 99,31 foiz ovozni sanab chiqish yakuniga ko‘ra, nomzodlarning hech biri kerakli 50 foizni to‘play olmadi, ovoz berishning ikkinchi turi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi fondiga ixtiyoriy badal sifatida 100 ming dollar o‘tkazadi.
Toshkentda O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi. 20 mln tonnagacha yuk tashish imkonini beruvchi yo‘l Yevropa Ittifoqi, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va undan keyingi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini bog‘lashi kerak.
9-iyulda o‘tkaziladigan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi. “Milliy tiklanish” O‘zLiDeP izidan borib, amaldagi davlat rahbari nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Gazeta.uz” ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir materialga jamladi.
2021-yilgi prezident saylovida nomzod bo‘lgan Alisher Qodirov muddatidan oldingi saylovda “Milliy tiklanish” partiyasi O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatadi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘ladigan O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.
Xalq demokratik partiyasidan partiya raisi Ulug‘bek Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. U bu lavozimda dekabr oyidan buyon faoliyat yuritadi.
Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Korxonalar bilan malakali ishchilar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Prezident kredit va subsidiyalar ajratish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari korpusini shakllantirish uchun majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi 10-maydan boshlandi. MSK saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqladi. Unga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6-iyungacha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Armaniston bosh vaziri bilan birgalikda Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi. Noma’lum askar qabriga gulchambar ham qo‘ydi.
Moskvaga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Kremlda Rossiya prezidenti bilan uchrashdi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev 1-iyundan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ustidan soliq nazorati o‘rnatilishini bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting