O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Kuala Lumpurga yetib bordi. 5-fevral kuni ikki mamlakat biznes forumi bo‘ladi, yetakchilar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.
Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasida ishlagan.
Prezident armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish muhimligini aytdi. U mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Yangi tashkil etilgan davlat organlari o‘z veb-sayti faoliyatini idora tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yo‘lga qo‘yadi.
Shavkat Mirziyoyev 4−5-fevral kunlari Malayziyada bo‘ladi. Rasmiy tashrif davomida mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, qo‘shma biznes forumi va boshqalar o‘tkaziladi. Ikki davlat o‘rtasida qo‘shma bayonot va qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi va mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U bir vaqtning o‘zida Avstriyadagi elchi va bir qator tashkilotlardagi vakil ham hisoblanadi.
O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirish uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi mamlakatlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilishi mumkin, dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Shuningdek, u savdo to‘siqlarini o‘zaro bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni boshlashni taklif qildi.
Sun’iy intellekt rivojlanishi ulkan imkoniyatlarni ochadi, lekin bu axloq, regulyatsiya va ma’lumot himoyasi masalalarini hal qilishni talab qiladi, dedi bosh vazir Abdulla Aripov Digital Almaty 2025 forumida. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2025-yilda SI sohasiga axloqiy me’yorlarni integratsiya qilmoqchi.
O‘zbekistonda ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi. Ma’muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va ajrim bo‘yicha choralar ko‘rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolati ham beriladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiylari ID kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda. Bu ikki mamlakat fuqarolariga “zagran” pasportsiz chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshiradi. Qonunchilik palatasi bu haqdagi qonunni qabul qildi. Hozirda O‘zbekistonda 45 nafar qirg‘izistonlik, Qirg‘izistonda 96 nafar o‘zbekistonlik mahkum o‘z jazosini o‘tamoqda.
O‘zbekiston prezidenti AQShning Vashington shahridagi aeroportda aviahalokat yuz berishi oqibatida bir necha o‘nlab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan Donald Trampga ta’ziya yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ham qatnashdi. Foto.
Islom sivilizatsiyasi markazi “tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur”, dedi prezident.
Davronbek Sattarov Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident 2025-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atini kamida 6 foiz darajasida saqlab qolish va YAIM hajmini 125 mlrd dollardan oshirish vazifasini qo‘ydi. Rahbarlarga energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni 15−20 foizgacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
O‘zbekistonda jami quvvatlardagi “yashil” energiyaning ulushini 16 foizdan 26 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Kam uglerodli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar jalb qilinadi. Prezident resurs tejaydigan iqtisodiyot modelga o‘tish vaqti kelganini aytdi.
“O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni “tugatish komissiyasi” raisi lavozimida ishlagan Mirzanozim Dusmuratov “Dori-Darmon” AK boshqaruv raisi etib saylandi.
Sherxon Allamurotov Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar tuman IIB boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting