Izzatulla Ziyavidenov Toshkent shahri hokimining yordamchisi etib tayinlandi. Mazkur lavozimda u Boburjon Abdurahimov o‘rnini egalladi.
2024-yilda O‘zbekistonda 4900 dan ortiq mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2023-yilga nisbatan 37,2 foizga ko‘p. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 3,6 trln so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘proq zarar yetkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti saylov natijalari Belarus xalqi amaldagi prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani va islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgani tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha shartnomani uzaytirdi. Liniyaga xizmat ko‘rsatish “O‘zbekiston temir yo‘llari” shu’ba korxonasi hisoblangan “Sogdiana trans” MCHJda saqlanib qoladi.
Shanba kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Toshkent viloyatidagi Amirsoy kurort majmuasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Japarov va Mirziyoyev dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi, shuningdek, kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib oldi.
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Senat esa Oliy sudning 5 ta sudyasini lavozimidan ozod etdi.
Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Antoniu Koshta telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez orada imzolanishiga ishonch bildirdi.
Prezident qarori bilan Zokir Ishpulatov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bungacha Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi.
Aprel oyida Samarqandda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Avvalroq tadbir YeIda o‘tgan yili yangi hukumat tuzilgani sababli 2024-yildan 2025-yilga ko‘chirilgan edi.
Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Akrom Vasilov “O‘zbekekspertiza” bosh direktori v.v.b. etib tayinlandi. U bunga qadar “Markazsanoateksport” davlat-aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi hamda “O‘zsanoateksport"da turli lavozimlarda ishlagan.
O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning Bolu provinsiyasidagi kurort mehmonxonasida yong‘in chiqqani va kamida 66 kishi halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat yetakchisiga ta’ziya yo‘lladi.
Deputatlar birinchi o‘qishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroga murojaat qilganda o‘zini tanishtirishi, shuningdek, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shartligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimga kirishgani bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Maktubda Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Buxoro viloyati FVB rahbari lavozimida ishlab kelgan Abdurazzoq Abduxoliqov FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori vazifasida ishlagan Hakim Dolimov hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U 2017-yilning may oyidan buyon statistika organini boshqarib kelayotgan edi.
Prezident Farrux Rustamovni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) rahbari etib tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting