Jizzax viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.
AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio Jekson-Venikning Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga kiritgan tuzatishini “o‘tmish sarqiti” deb atadi. Senatorning tuzatishlarni bekor qilish haqidagi savoliga javoban u ham buni muhim deb hisoblashini ta’kidladi.
2022-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akmaljon Mahmudaliyev prezident yig‘ilishida ishdan olindi. U hududda investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kabilarda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Yana 16 hokimga hayfsan e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri bilan uchrashuvda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt sohalarida yaqindan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi. U Dubayning ilg‘or yechimlarini O‘zbekiston shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda joriy etishga qiziqish bildirdi.
Deputatlar mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni birdaniga uch o‘qishda qabul qildi. Spiker oldinda 40 dan ortiq qonun borligini ta’kidlab, hujjatni qabul qilishni tezlashtirishni taklif qildi. Mahalla raislari saylovi may oyida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va BAA prezidentlarining muzokaralari yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev va BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon 2025−2027-yillarni O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri deb e’lon qildi. Bunda 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga ko‘paytirish asosiy vazifa etib belgilandi.
Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi bo‘ldi. U kelgusida mamlakatda mazkur sport rivojini yanada oshirish yo‘lida bor kuchini ishga solishini bildirdi.
Belarus sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikov 2018-yildan buyon ishlab kelgan Leonid Marinich o‘rniga O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Abu Dabida BAA sun’iy intellekt vaziri bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi. Generativ SIni ishlab chiqish, uni turli sohalarda qo‘llash, SI universitetida talabalarni o‘qitish dasturini joriy etishga kelishildi.
Prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyoda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini ta’kidladi. “Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir kun tartibidan “yashil” iqtisodiyotda innovatsiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAA poytaxti Abu Dabiga yetib bordi. Davlat rahbarini aeroportda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon kutib oldi. U ertaga barqaror rivojlanish haftaligi xalqaro sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi mumkin. Avvalroq prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgandi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning fevral oxirida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo kelishuvlariga imzo chekishi rejalashtirilgani xabar qilindi.
O‘zbekiston Harbiy sudi Prezident administratsiyasi departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Mahkama mutlaqo maxfiy boshlandi, deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.
O‘zbekiston prezidenti 13−16-yanvar kunlari BAAga tashrif buyuradi. Shavkat Mirziyoyev u yerda prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni boshlangan qisqa muddatli ta’tilini yakunladi.
O‘zbekiston AQShning yangi ma’muriyati vakillari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va oliy darajadagi tashrifni tashkil etishni rejalashtirmoqda, deyiladi 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida. Mamlakat AQSh bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni ham ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekistonda, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, Kanadada bosh konsulxona ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Braziliya, Argentina va Amerika qit’asining boshqa davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting